TUMANIMIZ GIMNASTIKAÇI QIZLARI RESPUBLIKA OÇIQ TURNIRI ĞOLIBI BÖLIŞDI
Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor yoş avlodning irodasini mustahkamlab, öz kuç va imkoniyatlariga işonçini oşirmoqda, ularning soğlom bölib ulğayişiga asos bölmoqda.
Vaxum aholi punktidagi öyingohda Şahodat Rajabova murabbiylik qilayotgan badiiy gimnastika tögaragida hududning 50 nafarga yaqin yoş qizlari sportning uşbu nafis turi bilan şuğullanib, köpgina yutuqlarni qölga kiritişmoqda.
Uning tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabida faoliyatini boşlaganidan beri nufuzli musobaqalarda ğoliblikka erişgan, sovrindor bölgan şogirdlari köp. Yaqinda Toşkent şahrida 2006-2017-yillar oraliğida tuğilgan qizlar orasida badiiy gimnastika böyiça “Sport – nafislik va salomatlik manbai” şiori ostida bölib ötgan respublika oçiq birinçiligida 9 nafar şogirdlari iştirok etib, ğoliblik şohsupasiga kötarildilar. Ulardan D.Jalğaşova, A.Muxtorova, Z.Qadamboyeva, G.Töraboyeva, T.Davlatboyevalar jamoaviy bahslarda birinçilikni qölga kiritgan bölsalar, R.Alimboyeva, A.Örozboyeva, U.Rajabova, M.Şuhratovalar yakkalik bahslarida tengdoşlaridan mahoratli, epçil va salohiyatli ekanliklarini namoyiş etdilar. Bir-yöla 9 nafar şuğullanuvçilarining aynan bir musobaqada ğoliblikka erişgani uçun musobaqa hakamlari va taşkilotçilari Ş.Rajabovaning faoliyatiga yuksak baho berib, uni maxsus diplom va statuetka bilan taqdirladi.
– Har safar şogirdlarimni musobaqalarga olib borganimda xuddi özim imtihon topşiradiganday hayajonlanaman, ular sahnaga çiqqan vaqtlarida közimni uzmay kuzataman. Şukurki, mehnatlarim samarasiz ketayotgani yöq, – deydi Şahodat Rajabova quvonç bilan.
Biz uning kelgusi işlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Sevara Ismoilova,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶