Amudaryolik Şahzod Soliyev – Özbekiston çempioni!
Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor tufayli öz qobiliyatlarini amalda namoyon etib, turli nufuzli sport musobaqalarida sovrinli örinlarni egallab kelayotgan yoşlar safi tobora oşmoqda.
Durunki mahallasida tuğilib ösgan Şahzod Soliyev sportning stol tennisi bilan şuğullanişni boşlaganida hali juda kiçkina, 5-6 yaşar bolakay edi. 36-sonli umumtaʼlim maktabida jismoniy tarbiya fani öqituvçisi bölgan bobosi Soliy Yöldoşev nevarasining qiziqişlari bilan şaxsan özi jiddiy şuğullana boşladi. Uyida nevarasi uçun tennis stoli örnatib, uning har bir harakati, intilişlarini erinmay kuzatib bordi, şu bilan birga, maşğulotlar uzviyligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratdi.
Şahzod avval oilaviy musobaqalarda dadasini, keyinçalik bobosini epçillikda ortda qoldirdi. Özi taʼlim olayotgan 36-sonli maktabda esa sinflararo va hududiy musobaqalarda doimiy ğoliblar safidan joy oldi.
10 yoşidan tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabining stol tennisi tögaragiga qatnay boşlagan Ş.Soliyev tögarak rahbari Hamida Rajabovadan bu nozik sport turining sir-asrorlarini örgandi. BÖSMda ötkazilgan stol tennisi musobaqalarida, tuman birinçiligida faol iştirok etib, muntazam ravişda yuqori örinlarni egalladi.
Nevarasidagi stol tennisiga bölgan qiziqişni rağbatlantiriş maqsadida Soliy ota Yöldoşev uni 2017-yilda Nukus şahridagi olimpiya zahiralari kollejiga olib bordi. Kollejda tanlagan yönalişi böyiça mahorat va epçillik hamda test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan Ş.Soliyev öqiş jarayonida nafaqat stol tennisi sportining nozik jihatlarini, balki sportçiga xos bölgan madaniyatni, şu bilan birga umumtaʼlim fanlarini puxta örgandi. Qisqa fursat içida u namunali, intizomli xulqi, bilimdonligi bilan va stol tennisi böyiça mohir sportçi sifatida tanildi.
Yaqinda, bahor bayramlari arafasida Ş.Soliyev ustozlari uçun munosib sovğa hozirladi. U joriy yilning 1-7-mart kunlarida Farğona viloyatida, 2004-2006-yillarda tuğilgan ösmir öğil bolalar va qizlar örtasida stol tennisi böyiça bölib ötgan Özbekiston çempionatida eng çiroyli öyin körsatib, 1-örinni qölga kiritdi hamda Özbekiston Respublikasi Sport işlari Vazirligi tomonidan 1-Darajali Diplom va oltin medal bilan taqdirlandi.
Öz yönalişi böyiça Özbekiston çempioni bölgan Ş.Soliyevning bu yutuği özi taʼlim olayotgan Nukus şahridagi olimpiya zahiralari kollejidagi ustozlari, taʼlim olgan 36-sonli maktabi hamda tuman BÖSMdagi ustozlari uçun ham çeksiz quvonç bağişladi.
R.IBRAGIMOVA, amunews.uz jamoatçi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶