24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:28
Jamiyat 👁 145

DAVLATIMIZDA BOLA HUQUQLARI HIMOYaSI – USTUVOR VAZIFA

DAVLATIMIZDA BOLA HUQUQLARI HIMOYaSI – USTUVOR VAZIFA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir, deyilgan. Undan tashqari, 63-moddasida farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdirlar, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi, deb belgilangan.

Amudaryo tuman hokimligida faoliyat koʻrsatayotgan Bolalar masalalari boʻyicha Komissiya Prezidentimizning 2021-yil 9-avgust kungi “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tashkil qilingan boʻlib, hozirgi kunda tegishli vazifalar mazkur Farmonga muvofiq amalga oshirilmoqda. Komissiya tomonidan tumanda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning sogʻlom turmush tarziga amal qilgan holda hayot kechirishlarini taʼminlash, ota-onalari qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish borasida zarur choralar koʻrilmoqda.

Tumanda voyaga yetmaganlar 74200  nafarni tashkil qiladi. Komissiyaga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan oʻtgan yil yakuniga qadar 10 ta holat boʻyicha voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlar Komissiyada koʻrildi va voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan qonuniy choralar koʻrildi. Undan tashqari, Komissiyaga  tuman XTBdan ota-onasi bilan Qozogʻiston Respublikasi, Rossiya federatsiyasi kabi chet davlatlarga vaqtincha yashash uchun yoki butunlay koʻchib ketayotgan maktab oʻquvchilarini oʻquvchilar safidan chiqarishni soʻrab kiritilgan 83 ta iltimosnomalar qonuniy asosda oʻrganilib, tegishli qarorlar chiqarib berildi. Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi tomonidan farzandini oʻz tarbiyasiga olish va ota-onalik huquqini tiklash, vasiylikka olish toʻgʻrisidagi fuqarolarning arizalari hududlarga chiqib oʻrganilib, ijobiy hal etilmoqda. Vasiylikka olingan bolalarning yashash sharoitlari ham muntazam ravishda hududlardagi maktab pedagoglari va psixologlar ishtirokida koʻrilib borilmoqda.

Joriy yil davomida 8 nafar voyaga  yetmagan bolalar va 2 nafar ota-onalar IIB tomonidan profilaktik hisobga olingan boʻlib,  ular bilan muntazam ravishda profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Oʻtgan yil davomida tumandagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shu kabi tadbirlar va 48 ta  “Oʻquvchi”, ”Davomat” reydlari oʻtkazildi. Undan tashqari, ovul va mahallalarda, taʼlim muassasalarida targʻibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.

Bolalarni himoya qilish, asrab-avaylash har birimiz uchun eʼtibordagi masala boʻlishi kerak. Chunki ular ertaga butun millat, mamlakat taraqqiyotini, kelajagini yaratishdek masʼuliyatli vazifani bajaradi. Biz ularni shunga munosib qilib tarbiyalashga masʼulmiz.

J.Xolmurodov, Amudaryo tuman hokimligining

Bolalarni himoya qilish masalalari shoʻʼbasi rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026