AMUDARYoLIK MILLIY GVARDIYa XODIMI «ENG YaXShI QOʻRIQLASh XODIMI» KOʻRIK-TANLOVINING MINTAQAVIY BOSQIChI GʻOLIBI BOʻLDI
Shu yil 9-aprel kuni Nukus shahrida Milliy gvardiya Qoʻriqlash Bosh boshqarmasining hududiy qoʻriqlash boʻlinmalari shaxsiy tarkibi oʻrtasida «Eng yaxshi qoʻriqlash xodimi» koʻrik-tanlovining mintaqaviy bosqichi oʻtkazildi. Unda Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmalari xodimlari ishtirok etdilar. Tanlovda ishtirokchilar 3000 metrga va 100 metrga yugurish, turnikda tortilish hamda AK-74 avtomatdan oʻq otish kabi shartlar boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.
Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtgan tanlovda Amudaryo tumani Qoʻriqlash boʻlimining safdor xodimi Farid Jumabayev ishtirok etib, mintaqaviy bosqichi gʻolibi boʻldi. Gʻolib boʻlgan amudaryolik Farid Jumaboyevga koʻrik-tanlovning Toshkentda boʻlib oʻtadigan Respublika bosqichida ishtirok etish yoʻllanma berildi.
E.Yusupov, tuman Qoʻriqlash boʻlimi guruh komandiri, leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶