PROBATsIYa NAZORATIDAGI 9 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI
Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan oçiq sayyor sud ötkazilib, Probatsiya nazoratidagi mahkumlarga doir iş materiallari körib çiqildi.
Şu yil 4-aprel kuni tuman Içki işlar bölimining maʼmuriy binosida bölib ötgan sud majlisida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi masʼullari, tuman prokurori yordamçisi S.Xolmuradov, tuman IIO Probatsiya guruhi katta inspektori R.Iskandarovlar iştirok etdilar. Sud majlisida Probatsiya xizmati taqdimnomasiga köra, Özbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi tartibida ilgari jinoyat sodir qilib, hozirgi kunda tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan hamda jazo turlari uçun örnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan, mehnatga halol munosabatda bölgan 9 nafar mahkum belgilangan jazolaridan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi.
Sud davomida uşbu şaxslarga jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinib, ötalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda Jinoyat Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlanişi tuşuntirildi. Şundan söng, tuman IIB xodimlari iştirokida davra suhbati ötkazildi. Unda Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni, “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021-2022-yillarga möljallangan davlat dasturi”ning 34-bandi ijrosini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar töğrisida söz yuritildi. Şuningdek, korruptsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uçun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi tuşuntirildi.
Bahs-munozara tarzida ötgan davra suhbatida davomida iştirokçilarni qiziqtirgan boşqa savollarga ham batafsil javoblar berildi.
J.Örazbayev, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶