“Beş muhim taşabbus” doirasidagi tadbirlarga start berildi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş maqsadida “Beş muhim taşabbus” doirasidagi tadbirlar muntazam ravişda ötkazilib kelinmoqda.
8-aprel kuni “Beş muhim taşabbus” doirasidagi sport tadbirlarining boşlanişi munosabati bilan Döstlik mahallasidagi Bolalar va ösmirlar sport maktabida tadbir bölib ötdi. Unda har bir mahalladan turli jabhalarda ilğor, faol sportçi yoşlar iştirok etişdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev yoşlarga yaratilayotgan imkoniyat va şart-şaroitlar haqida töxtalib, Yoşlar işlari agentligi, tuman Turizm va sport bölimi va boşqa bir qator hamkor taşkilotlar tomonidan loyiha doirasida tumanimizning barça hududlaridagi minglab yoşlar orasida sport va soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş hamda rivojlantiriş böyiça tadbirlar yuqori saviyada ötkazilib kelinayotganligini taʼkidladi.
Şundan söng Özbekiston Respublikasi Sportni rivojlantiriş vazirligining vakili Bobur Bobomuradov sözga çiqib, tumanimizda yoşlarning sportga bölgan qiziqişlari qöllab-quvvatlanayotganligi eʼtirof etdi. Qolaversa, muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan mahalladagi yoşlar yetakçisi lavozimining taşkil etilganligi yoşlarga bölgan ulkan eʼtibor namunasi ekanligini taʼkidladi hamda barça yoşlarga sport musobaqalarida omad tiladi.
Maʼlumot uçun aytib ötiş kerakki, “Beş taşabbus” doirasidagi tadbirlar 11-apreldan boşlandi. Unda 7 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar örtasida sportning 9 ta turi, jumladan, futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, şaxmat-şaşka, stol tennisi, stritbol, vorkaut böyiça musobaqalar ötkaziladi. Uşbu sport musobaqalari dastlab, mahallalardagi köçalar orasida ötkazilib, ular orasidan iqtidorli, kuçli va isteʼdodli yoşlar saralanib olinadi. Bu esa yurtimiz bayroğini yuksakka kötaradigan yoşlarni kaşf etişda muhim omil böladi.
Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yil 11-aprel kuni imzolangan “Mahallalarda yoşlarni ommaviy sportga jalb qilişni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror ham ayni şu maqsadlarga xizmat qiladi.
Qarorda keltirilişiça, 2022-yildan boşlab har yili anʼanaviy tarzda 30-iyun – Özbekiston Respublikasi yoşlari kuni hamda dekabr oyida ötkaziladigan “Yoşlar forumi” doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, şaxmat, şaşka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari böyiça beş bosqiçli ommaviy sport musobaqalarini ötkaziş tizimi joriy etiladi. Musobaqalarning birinçi bosqiçi – köçalar orasida mahallalarda, ikkinçi bosqiçi – sektorlar kesimida mahallalar orasida, uçinçi bosqiçi – sektor musobaqalarida ğolib bölgan mahalla jamoalari örtasida tuman miqyosida, törtinçi bosqiçi – Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar miqyosida, beşinçi bosqiçi esa Özbekiston miqyosida final musobaqalari şaklida ötkaziladi.
Ötkazilayotgan sport musobaqalaridan közlangan asosiy maqsad – ertangi kun egalarining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy ğurur va iftixor tuyğularini qaror toptiriş, yoşlarimizning buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bölib voyaga yetişlariga imkoniyat yaratişdir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶