Jamiyat
👁 219
SAYYoR DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATILMOQDA
Aholining ogʻiri yengil, uzogʻini yaqin qilishni oʻz oldiga maqsad qilgan Davlat xizmatlari markazi har bir hududda fuqarolar bilan uchrashib, ularga zarur boʻlgan davlat xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻygan.
Shu amaliyotni muntazam amalga oshirgan holda tumandagi Boʻston mahallasida boʻlib, hududda istiqomat qiluvchi 40 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatildi. Ularga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari, bino-inshootlar uchun yer uchastkalarini e-auksion.uz elektron tizimi orqali olish boʻyicha tushunchalar berildi.
Sayyor davlat xizmatlaridan foydalangan fuqarolar Markaz xodimlariga minnatdorchilik bildirdilar.

A.Tursunboyev, DXM katta mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶