24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:46
Jamiyat 👁 394

“ONALAR – YaShIL MAKON UChUN!” AKTsIYaSI DOIRASIDA “ONALAR BOGʻI” TAShKIL ETILMOQDA

“ONALAR – YaShIL MAKON UChUN!” AKTsIYaSI DOIRASIDA “ONALAR BOGʻI” TAShKIL ETILMOQDA

Joriy yilning 2-fevral kuni davlatimiz rahbari raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida «Yashil makon» umummilliy loyihasini davom ettirish boʻyicha dolzarb vazifalar muhokama etilib, 1-martdan eʼtiboran yurtimiz boʻylab «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishi eʼlon qilingan edi.

Ayni kunlarda mamlakatimizda “Yashil yillik” umummilliy loyihasi doirasidagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida xotin-qizlarni jalb qilgan holda aktsiyalar tashkil qilinmoqda. “Onalar – yashil makon uchun!” aktsiyasi mazkur xayrli loyiha doirasida oʻtkazilmoqda.

Aktsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan maqsad xotin-qizlarning manzarali va mevali daraxt, buta koʻchatlari hamda urugʻ yetishtirish, ekish va parvarish qilish boʻyicha koʻnikmalarini oshirish, ular qalbiga ekologiyani asrash tushunchasini singdirishdan iboratdir.

Amudaryo tumanida ham ayni shu maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar qizgʻin boshlab yuborildi. Jumladan Amudaryo tumanining Durunki mahallasida tashkil qilinayotgan “Onalar bogʻi”da 300 tadan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, 3000 donadan ortiq gul va rayhonlar ekish rejalashtirilgan. Qutlugʻ Ramazon oyining ilk kunlarida “Onalar bogʻi”ga amudaryolik ayol-qizlar koʻchat ekishni uyushqoqlik bilan boshladilar.

Yangi bogʻda koʻchat ekish ishlarida tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish tumanlararo markazi direktori Gavxar Chimbaychiyeva, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, mahalla raislari va ularning oʻrinbosarlari hamda faol xotin-qizlar qatnashdilar.

Oʻtkazilgan aktsiyada ishtirok etuvchi ayollar oʻz saʼy-harakatlari bilan tumanimizni yashil makonga aylantirishga munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Moʻʼtabar va munis onaxonlar, muhtarama opa-singillarimiz qoʻli bilan bunyod etilayotgan “Onalar bogʻi” hududida kelgusida onalar va bolalar uchun salomatlik yoʻlaklari, turli sanalar munosabati bilan oʻtkaziladigan bayramona tadbirlar uchun moʻljallangan zamonaviy tadbirlar zali va boshqa infratuzilma inshootlari tadbirkorlar tomonidan barpo etilishi koʻzda tutilgan. Vaqti kelib “Onalar bogʻi” tumanimiz xalqi uchun xushkayfiyat baxsh etuvchi sayilgoh maskanga aylanishga shak-shubha yoʻq.

Zero, yam-yashil dov-daraxtlar nafaqat ona shahrimizga, balki har bir xonadonga koʻrkamlik, fayz va tarovat bagʻishlashini aziz ayollarimiz juda yaxshi biladilar va har yilgi koʻchat ekish mavsumida moʻʼtabar va munis onaxonlarimiz, goʻzal opa-singillarimiz eng avvalo oʻz xonadonlari ostonasini obod qilish, anvoyi gullar ekishni anʼanaga aylantirishgan. Chunki xalqimizning eng ezgu orzulari roʻyobi obod va soʻlim manzillardan boshlanadi. Gullar ifori taratib turgan xonadonlar fayzi ona Vatanga ziynat bagʻishlaydi. Amudaryolik ayollar barpo etayotgan “Onalar bogʻi” esa eng obod, eng koʻrkam va fayziyob goʻshalardan biriga aylanadi.

 “Onalar yashil makon uchun!” aktsiyasi tumanda davom etmoqda. Zero ushbu aktsiya farovonlik va obodlik sari qoʻyilgan ezgu va xayrli qadamdir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026