AMUDARYoDA ÖTKAZILGAN BOKS BÖYIÇA OÇIQ TURNIR ĞOLIBLARI TAQDIRLANDI
Har yili yurtimizda 9-aprel sanasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi taşkil kuni sifatida keng nişonlanadi. Şu munosabat bilan hududlarda turli tadbirlar, sport musobaqalari, uçraşuvlar ötkaziladi.
Amudaryo tumanida ham Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bağişlab, Respublika Boks federatsiyasining sovrini uçun oçiq turnirga start berilgan edi. Şu yil 31-martidan 3-aprelgaça davom etgan bellaşuvlarda 2005-2006, 2009-2010-yillarda tuğilgan ösmirlar özaro kuç sinaşib, öz mahoratlarini körsatişdi.
3-aprel kuni oçiq turnir ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkazildi. Marosimda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Bolalar va ösmirlar sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov, turizm va sport bölimi boşliği Ğulomjon Qurbonboyev, boks federatsiyasi birinçi örinbosari Jasur Nurimbetov, ijroçi direktori Murad Kuanboyev hamda boşqa masʼullar iştirok etdilar.
Katta boks bayramiga aylanib ketgan marosimda sözga çiqqanlar musobaqalar döstona ruhda ötganligini taʼkidlab, yoşlar orasidan mahoratli, isteʼdodli sportçilar yetişib çiqayotganligi, buning uçun yurtimizning barça hududlaridagi sport maskanlarida yetarli şaroitlar yaratilganligi va boşqalar töğrisida keng töxtaldilar. Şuningdek, bölib ötgan musobaqalarda iştirok etgan yoş sportçilar kuç-ğayrati, şijoatini, ğalabaga bölgan işonçini namoyon etişganini eʼtirof etdilar.
Taʼkidlanganidek, tumandagi Bolalar-ösmirlar sport maktabining Çordara mahallasida joylaşgan bazasi yonidagi mini futbol maydonçasida örnatilgan ringda Qoraqalpoğiston Respublikasining barça tumanlari, Xorazm viloyatining Urganç şahri iqtidorli va kuçli boksçilari iştirok etdilar. Şuningdek, tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabidagi boks tögaraklarida şuğullanayotgan yoş sportçilar ham boks musobaqalarida qatnaşib, öz mahoratlarini körsatdilar.
Oçiq turnir bellaşuvlarida Qoraqalpoğiston Respublikasining barça tumanlaridan va Xorazm viloyatining Urganç şahridan jami 155 nafar yoş boksçilar 23 ta vazn toifasida iştirok etdilar. Musobaqaning yakuniy bosqiçi yaʼni, final janglaridan söng, hakamlar hayʼati tomonidan ğoliblar aniqlandi.
Bellaşuvlarda kuç sinaşgan amudaryolik yoş çarm qölqop ustalari ham öz vazn toifalari böyiça ğoliblikni qölga kiritişga muşarraf böldilar. Ulardan Oğabek Karimboyev 37 kg. vazn toifasida, Aziz Nurimov 46 kg. vazn, Bahriddin Qurbiyazov 58 kg. vazn, Javlonbek Jumamurodov 54 kg. vazn, Umid Davletov 57 kg. vazn, Baxt Soburov 60 kg. vazn, Bunyod Ilhomov 63,5 kg. vazn, Komron Qöşmonov 67 kg. vazn toifalarida 1-örin ğoliblari böldilar.
Taqdirlaş marosimida oçiq turnir ğoliblari medallar, faxriy yorliqlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Şuningdek, yoş sportçilar Javlonbek Jumamurodovga “Eng yaxşi jangi uçun” nominatsiyasi, Bunyod Ilhomovga “Eng yaxşi boksçi” nominatsiyasi berilib, velosiped sovğa qilindi. Muobaqalarda öz mahoratini körsatgan yoş boksçi Baxt Soburovga esa “Eng yaxşi texnikasi uçun” nominatsiyasi va rağbatlantiruvçi sovğa berildi.
Qiziqarli ötgan oçiq turnir musobaqalari barça sportçilarda katta taassurotlar qoldirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶