Manğitda boks böyiça oçiq turnir ötkazilmoqda
Boks dunyoda hamma davrlar sporti, deya eʼtirof etiladi. Uşbu sport turi turli davrlarda turliça körinişda rivojlangan va davrlar oşa bugungi kundagidek raundlarga ajratilgan holda, ular orasida tanaffuslar vaqti belgilangan va qöllar jarohatlardan maxsus himoya qilingan va yumşoq qölqop kiygan holda kuraşiş qabul qilingan. Şuningdek, sportçilar vazn toifalariga ajratilişi boksning yanada ommalaşişiga olib kelgan.
Özbekistonda boks yoşlarning eng sevimli, anʼanaviy sport turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa keyingi yillarda uşbu sport turi yanada ommalaşdi. Mamlakatimizning barça hududlarida boks maktablari faoliyat yuritib kelmoqda. Natijada boks böyiça köplab olimpiada, jahon çempionati ğoliblari va sovrindorlari yetişib çiqdi. Boks böyiça mamlakatimiz yetakçi örinlardan birida turadi.
Tumanimizdan Özbekiston çempionati, nufuzli xalqaro musobaqalar ğolib va sovrindorlari yetişib çiqqanligi bilan amudaryoliklar ham haqli ravişda faxrlanadilar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bağişlab, 2005-2006, 2009-2010-yillarda tuğilgan ösmirlar örtasida Qoraqalpoğiston Respublikasi boks federatsiyasi sovrini uçun oçiq turnir aynan Manğitda ötkazilayotgani ham bejiz emas.
31-mart kuni Amudaryo tumani Bolalar-ösmirlar sport maktabining Çordara mahallasida joylaşgan bazasida uşbu nufuzli musobaqaning oçilişi marosimi bölib ötdi. Baza yonidagi mini futbol maydonçasida oçiq turnirga kuç sinaşiş uçun yetib kelgan Qoraqalpoğiston Respublikasining barça tumanlari, Xorazm viloyatining Urganç şahri iqtidorli va kuçli boksçilari saf tortdi. Tuman bolalar-ösmirlar sport maktabida tögaraklarida şuğullanayotgan yoş sportçilar turli sport öyinlarini musiqa sadolari ostida namoyiş etib, mehmonlarga xuş kayfiyat ulaşdi.
Tadbirni Qoraqalpoğiston Respublikasi boks federatsiyasi rahbari Ahmad Saylanov oçdi va barça iştirokçilarni özlarining salohiyatini namoyiş etişlari uçun imkon yaratgan oçiq turnir bilan qizğin qutladi va iştirokçilarga muvaffaqiyatlar tiladi. Tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi direktori Çorşam Tojimurodov, oçiq turnir boş hakami, xalqaro toifadagi hakam Ahmad Fozilovlar ham yoş sportçilarni uşbu tadbir bilan qutlab, ringda öz kuç va mahoratlarini namoyiş etib, ğoliblik uçun halol va sidqidildan bellaşişga çorladi.
Tantanali oçiliş marosimidan söng oçiq turnirning ilk bellaşuvlariga start berildi. Musobaqa şu yilning 31-martidan 3-aprelgaça ötkazilişi rejalaştirilgan. Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bağişlab ötkazilayotgan oçiq turnirda Qoraqalpoğiston Respublikasining barça tumanlaridan va Xorazm viloyatining Urganç şahridan jami 155 nafar yoş boksçilar 23 ta vazn toifasida iştirok etmoqda. 3-aprel kuni final janglari ötkaziladi va ğoliblar tantanali ravişda taqdirlanadi.
Uşbu nufuzli bellaşuvda iştirok etayotgan yoş boksçilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶