Qipchoq ponton koʻprigida Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasiga bagʻishlangan maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi
2022-yil 11-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish boʻyicha 2021-yilda bajarilgan ishlar va 2022-yildagi asosiy vazifalar toʻgʻrisida”gi 1-sonli buyrugʻi qabul qilingan edi. Mazkur buyruqqa asosan 31-mart kuni Amudaryo tumanida joylashgan Qipchoq ponton koʻprigida «Obʼektda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmasi va obʼekt rahbariyatining harakatlari» mavzusida maxsus taktik-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Oʻquv mashgʻulotiga, Qipchoq ponton koʻprigi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boʻlimlari masʼullari hamda obʼektning oʻquv mashgʻulotlari mavzusiga aloqador masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Oʻquv mashgʻulotini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obʼekt rahbariyati tarkibi hamda fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini takomillashtirish, boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining kechiktirib boʻlmaydigan falokat va qutqaruv ishlariga tayyorgarligini kuchaytirishdan iborat. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining oʻz majburiyatlarini aniq va toʻgʻri bajarishini amaliyotda sinash va oʻrganish, tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish ham shular jumlasidandir.
Oʻquv mashgʻulotlari 2 bosqichda olib borildi. 1-bosqichda toifalangan Qipchoq ponton koʻprigida oʻquv mashgʻulotining nazariy qismi hamda saf koʻrigi obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasi va tuman favqulodda vaziyatlar davlat quyi tuzilmasi masʼullari ishtirokida oʻtkazildi.
Qatʼiy intizom va belgilangan qonun-qoidalar asosida oʻtkazilgan taktik-oʻquv mashgʻulotlarining 2-bosqichida obʼektda halokatli hodisalar sodir boʻlganda harakatlar rejasi koʻrikdan oʻtkazildi. Jumladan, favqulodda holat sodir boʻlib, elektr toki urganda jabrlanganlarga yordam berish, tuman Yongʻin-qutqaruv qismlarining hamda Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining jabrlanganlarni qutqarishi va birinchi tibbiy yordam koʻrsatishi tekshiruvdan oʻtkazildi.
Shuningdek, yongʻin oʻchirish vositalari bilan falokat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha taktik mashqlar ham olib borildi. Mazkur bosqich boʻyicha taktik-oʻquv mashgʻulotlariga Qipchoq ponton koʻprigi rahbariyati tarkibi va obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 15 nafar, Milliy gvardiya xodimlaridan 10 nafar xodim va 1 ta texnika, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 11 nafar xodim va 2 ta maxsus texnika jalb etildi. Qolaversa, tez tibbiy yordam xizmatidan 3 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimidan 8 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika ishtirok etdi.
Bundan tashqari, tuman elektr tarmoqlari korxonasidan 5 nafar xodim va 1 ta texnika, “Hududgaz” tarmogʻidan 5 nafar xodim va 1 ta texnika, Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligidan 3 nafar xodim, “Toza hudud” korxonasidan 2 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, Telekommunikatsiya tarmogʻidan 4 nafar xodim va 1 ta texnika, jami 72 nafar xodim va 8 ta texnikalar jalb qilindi.
Taktik-oʻquv mashgʻulotlari yakunida Qipchoq ponton koʻprigi rahbariyati tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga «Cheklangan tayyor» deb baholandi.
Shuningdek, maxsus taktik-oʻquv mashgʻuloti kuzatuvchilari tomonidan ishtirokchilarning kamchiliklari koʻrsatilib, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasliklari toʻgʻrisida zarur tavsiyalar ham berildi.
Gʻ.Oʻralov, Amudaryo tumani FVB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶