“QON TOPŞIR – HAYoT INʼOM ET!” AKTsIYaSI DAVOM ETMOQDA
Maʼlumki, pandemiya sababli joriy etilgan karantin çeklovlari barça sohalar qatori Soğlikni saqlaş tizimida ham jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi. Ayniqsa, turli qon guruhlariga bölgan talab oşib, tizimda yetarli qon zahirasini şakllantirişda qiyinçiliklar paydo böldi. Biroq hamişa mehr-oqibatli va elparvar xalqimizning beğaraz himmati tufayli, şuningdek, turli davlat va jamoat taşkilotlari taşabbusi bilan taşkil etilayotgan beğaraz donorlik aktsiyalari samarasi bois mamlakatimizdagi barça soğlikni saqlaş muassasalarida qon zahirasiga bölgan ehtiyoj qondirilişi uçun zamin yaratildi.
Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş Vazirligi taşabbusi bilan bolalar va katta yoşdagi bemorlar uçun beğaraz yordam sifatida taşkil etilgan “Qon topşir – hayot inʼom et!” aktsiyasida ayni paytda yuzlab vatandoşlarimiz faol iştirok etişib, hayotga muştoq, xastadil insonlar qalbiga madad bölişmoqda.
Joriy yilning 29-mart sanasida “Qon topşir – hayot inʼom et!” aktsiyasida Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasining 10 nafar köngilli şifokor va örta tibbiyot xodimlari ham iştirok etişib, uşbu xayrli va savobli işga munosib hissalarini qöşdilar.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, “Qizil yarim oy” jamiyati tomonidan tuman aholisi orasida jarrohlik amaliyotlari, gematologik xastaliklarda bemorlarga donor qoni tarkibiy qismlaridan foydalaniş, donorlikni tarğib qiliş borasida ötkazilgan “Qon topşiriş – insonning insonga hadya etgan oliy darajadagi sovğasidir”, “Hayot hadya etiş – savob işning eng oliy ifodasi” kabi mavzularda ötkazilgan tarğibot tadbirlari natijasida uyuşmagan aholi vakillaridan 34 nafari köngilli ravişda donor böldilar. Ularning himmati bilan tuman böyiça jami salkam 20 litr qon zaxirasi yaratildi.
Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi Qon banki tomonidan bir yil davomida bemorlar uçun örtaça 100 litrdan ortiq qon yiğiladi. Şu bois, Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi bölimlarida qon zahirasi bilan boğliq muammolar bölmaydi. Qolaversa, donorlikning ahamiyati beqiyos. Özini soğlom deb bilgan, irqi, kasbi, jinsidan qatʼiy nazar har bir inson qon va uning komponentlari uçun donor böla oladi.
Inson organizmi şunday möʼjizaki, qon topşiriş uning umumiy salomatligi uçun nihoyatda foydalidir. Donorlik – inson organizmiga yangilanişni, yoşarişni hadya etadi.
Şunday ekan, biz yurtdoşlarimizni “Qon topşir – hayot inʼom et!” aktsiyasida faol iştirok etişga, uşbu savobli işi tufayli hayot uçun kuraşayotgan xastadil insonlar qalbiga mador bölişga çaqiramiz.
Qon topşiring va xasta köngillarga gözal hayotdan bahra olib yaşaşlari uçun imkon yarating!
I.Nurimbetov, Qizil yarim oy jamiyati Amudaryo tuman bölimi ijroçi direktori.
Rayhon Xöjametova, Respublika qon quyiş markazi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶