TOMORQA YeRLARDAN SAMARALI FOYDALANIŞGA OID SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimiz aholisining köpçilik qismi qişloq joylarda istiqomat qilgani bois, ularning turmuş farovonligi qişloq xöjaligi tarmoği bilan boğliq. Bugungi kunda agrar tizim aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiruvçigina emas, balki yangi iş örinlari yaratiş va aholi bandligini taʼminlaşda ham muhim sohaga aylandi. Şu boisdan ham qişloq joylarda aholiga ekin maydonlarini ajratiş, tomorqa yerlaridan samarali foydalanişini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şunisi eʼtiborliki, Amudaryo tumani böyiça hududlarda aholi tomorqa yerlarini şudgorlaş, zarur uruğlik va köçat yetkazib beriş, xonadonlarga ixçam issiqxona qurib beriş, şuningdek oilalarda daromad manbalarini köpaytiriş maqsadida eçki, qöy, parranda, asalari uyalari, quyon yetkazib beriş kabi xizmatlarni amalga oşiradigan 12 ta “Tomorqa xizmati” masʼuliyati çeklangan jamiyatlari faoliyati yölga qöyilgan.
Tomorqa yer egalariga amaliy yordam körsatiş maqsadida töqsonbosti usulida ekinlarni ekiş yuzasidan şu kungaça ovul va mahallalarda 41 ta seminarlar taşkil etilib, ularda 1500 nafardan ortiq usta dehqonlar, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, tomorqa yer egalari iştirok etdilar. Buningdek saʼy-harakatlar natijasida hududiy dasturga asosan aholi tomorqalariga ekilişi belgilangan 1484 gektar öringa 1632 gektar tomorqa yerlarga töqsonbosti usulida ekinlar ekilgan.
26-mart kuni Qiliçboy ovulidagi namunali tomorqa yer egalaridan biri, “Mehnatkaş dehqon” kökrak nişoni sohibi Baxtiyor Mangliyev xonadonida Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi bölim boşliği Umirzoq Rahmatov iştirokida tomorqaçilik tajribalarini ommalaştiriş, Baxtiyor Mangliyev iş uslubini barça mahallalar ovullardagi aholi tomorqalarida yölga qöyiş maqsadida seminar ötkazildi.
Tadbirga sektor rahbari, qişloq xöjaligi masʼullari, ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlari raislari, hududlardagi hokim yordamçilari, tomorqa yer egalari iştirok etdilar. Yiğilganlarga Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi bölim boşliği Umrzoq Rahmatov, tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonovlar tomorqadan unumli foydalaniş yuzasidan maʼruza qildilar. Keyin Baxtiyor Mangliyevning 4 sotixlik issiqxonasi közdan keçirildi va barça bu yerda amalga oşirilayotgan işlar bilan taniştirildi, erişilayotgan natijalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Baxtiyor Mangliyev issiqxonada dehqonçilik qiliş böyiça ulkan tajriba töplagan tomorqaçidir. Ötgan yilning kuzida u 4 sotixlik issiqxonasining 2 sotix joyiga piyoz, 1 sotix joyiga rediska, 1 sotixiga turli kökatlar ekkan edi. Oila aʼzolari bilan hamjihatlikda ekinlarni yaxşi parvariş qilgani bois, qiş böyi bozorga kökatlar, kök piyoz sotib, yozdagiday daromad olib keldi. Hozirgi kunda rediskalari ham sotişga yarab qoldi va kundalik daromadi yana ham köpaydi. Natijada oila farovon, dasturxoni tökin. Demak, astoydil mehnat qilinsa, yaxşi işlab, yaxşi yaşaşga iştiyoq bölsa, 4 sotixgina yer ham ulkan daromad manbai bölar ekan.
Albatta, buningdek tajribalarni ommalaştiriş tumanimizda tomorqa yerlardan samarali foydalaniş, qişloq aholisining bandligini taʼminlaş va doimiy daromadga ega bölişlariga erişişda, kambağallikni qisqartirişda kelgusida özining ijobiy natijalarini beradi.
Hozirgi davrda tumanimizda 39 ming 406 nafar tomorqa yer egalari ixtiyorida 6652 gektar ekin maydoni mavjud. Bu maydonlardan samarali foydalanilişiga erişiş maqsadida tajribali tomorqaçilar Oq oltin ovulidan Yangiboy Qurbonboyev, Bobur ovulidan Abdurahmon Matsapoyev, Çoyköl ovulidan Mahmudjon Norboyev, Qoramon mahallasidan Otaxon Ötamurodovlarning yil davomida tomorqadan daromad oliş tajribalari yuzasidan tarğibotlar olib borilmoqda. Baxtiyor Mangliyev xonadonida ötkazilgan seminar ham aynan tomorqadan yil davomida mahsulot yetiştiriş va daromad olişni ommalaştirişga xizmat qiladi.
Seminar barça iştirokçilarda ulkan taassurotlar qoldirdi. Masʼullar iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶