24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:53
Jamiyat 👁 260

“ShIRINBULOQ” FERMER XOʻJALIGIDA NAVROʻZ BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

“ShIRINBULOQ” FERMER XOʻJALIGIDA NAVROʻZ BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Navroʻz – qadimdan davom etib kelayotgan, el sevgan milliy bayramdir. Yurtimizga koʻklam kirib kelishi bilan ushbu bayramga tadorik boshlab yuboriladi. Tabiat uygʻonishi, sharqona yangi yil, yangi kunning boshlanishi, bobodehqonning yerga baraka urugʻini qadashi kabilar bilan bogʻliq boʻlgan turli udumlarni oʻzida ifoda etadigan Navroʻzi olam tantanalari orqali butun xalqqa bayramona ruh, zavq ulashiladi. Amudaryo tumanida ham bayram munosabati bilan xalq sayillari, turli tomoshalar va tadbirlar oʻtkazilib, yurtdoshlarimizga koʻtarinki kayfiyat baxsh etiladi.

Amudaryo tumanining Qilichboy ovulidagi “Shirinbuloq” fermer xoʻjaligida ham Navroʻz bayrami munosabati bilan katta tadbir oʻtkazildi. Ovuldagi “Quronboy ota” toʻyxonasida fermer xoʻjalik raisi Nodirbek Ollaberganov tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda xoʻjalikda mehnat qilib kelayotgan 64 nafar ishchi va pudratchilar ishtirok etishdi.

Ochiq dasturxon atrofida soz-u suhbat bilan davom etgan bayram kechasida ishtirok etgan xoʻjalik raisi butun jamoani, ularning oila aʼzolarini Navroʻzi olam bilan muborakbod etdi. Shu bilan birga bugungi kunda yurtimizda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, dehqon va tomorqachilarga yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida soʻz yuritib, xoʻjalikda hamjihatlikda erishilayotgan yutuqlarni eʼtirof etdi. Joriy dehqonchilik yilida amalga oshiriladigan ishlar, koʻzlanayotgan marralar, hamjihatlikdagi mehnatlar samarasi, xoʻjalik ishchilariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ragʻbatlar haqida ham gapirib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, Xizr eli mahallasi hududidagi ushbu gʻallachilik, bogʻdorchilik, baliqchilik, parrandachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan koʻp tarmoqli “Shirin buloq” fermer xoʻjaligi 2003-yilda tashkil topgan. Unga ayni paytda Nodirbek  Ollaberganov rahbarlik qiladi. Xoʻjalik tasarrufida 100 gektardan ziyod ekin maydoni, 4,5 gektarga yaqin olmazor va uzumzor bogʻ mavjud.

Undan tashqari, baliqchilik tashkil etilgan boʻlib, 10 gektarlik koʻlda bir necha turdagi baliqlar yetishtiriladi. Xoʻjalikda parrandachilik va chorvachilik ham rivojlantirilgan. Gʻalla va paxtadan esa har yilgi mavsumda  xoʻjalikda mavjud boʻlgan texnikalardan unumli foydalangan holda moʻl-koʻl hosil olinib, mavsumiy reja ortigʻi bilan uddalanib kelinmoqda. Mazkur dehqonchilik yilida ham 19 gektar yerda bugʻdoy undirilib, ishchilar tomonidan parvarish qilinmoqda. Erta bahorda 90 gektar yerda paxta yetishtirib, moʻl hosil toʻplash moʻljallanmoqda.

Navroʻz bayrami munosabati bilan “Quronboy ota” toʻyxonasida tashkil etilgan tadbir davomida toʻkin dasturxonga taklif etilgan xoʻjalik ishchilari milliy taom osh bilan siylandi. Ularning barchasiga bayram sovgʻalari ulashildi.

Tadbirga tumanimizdagi taniqli xonanda Bahodir Rajabov ijrosidagi milliy, mumtoz kuy va qoʻshiqlar, dilrabo raqslar yanada tarovat bagʻishladi. Dasturxon atrofida bugungi kunda yurtimizda hukmron boʻlgan tinchlik barqaror boʻlishiga, shunday kunlar tilaklar bildirilib, shukronalar aytildi.

Yuqori koʻtarinkilik bilan oʻtgan bayram tadbiri barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026