HAR GOʻShADA KEZAR NAVROʻZ NAFASI
Ayni kunlarda yurtdoshlarimiz barchamizga cheksiz quvonch-u shodliklar hadya etgan Navroʻzi olam ayyomini keng nishonlamoqdalar, sumalaklar qaynatib, bayram sayllari oʻtkazishmoqda.
Shu yilning 16-martida Mangʻit shahrida joylashgan kimyo, biologiya fanlariga ixtisosolashgan 38-sonli maktabning 7 v sinfi oʻquvchilari ham sinf rahbari Nodira Qurbonboyeva boshchiligida “Assalom, Navroʻz” deb nomlangan maʼnaviy –maʼrifiy tadbir oʻtkazdilar. Bayram tadbirini maktab direktorining maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nazokat Yusupova ochdi va barchani sharqona yangi yilning kirib kelishi- Navroʻzi olam bilan qutladi. Yurtimizda keng nishonlanadigan ushbu bayramning oʻziga xos udumlari, tarixi haqidagi maʼruzadan soʻng milliy kiyimlar kiygan oʻquvchilar davraga chiqishdi. Ular ijrosidagi qoʻshiqlar, raqslar, ifodali oʻqilgan sheʼrlar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.
Shuningdek, yigitlarning abjirligini, kuchliligini sinovdan oʻtkazuvchi arqon tortish, varrak uchirish oʻyinlari, qizlar ijrosidagi aytishuvlar, Navroʻz bayramiga bogʻlik marosim qoʻshiqlari ham uquvchilarning milliy bayramimizga hurmat-ehtiromini ifoda etdi.
Nodira Qurbonboyeva,
38-IDUM 7-B sinf rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶