DÖSTLIK MAHALLASIDA SUD MASʼULLARI IŞTIROKIDA DAVRA SUHBATI ÖTKAZILDI
Şu yil 11-mart kuni Döstlik mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida özlaştiriş yoki rastarata yöli bilan talon-taroj qiliş jinoyatlarining oldini oliş böyiça davra suhbati bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi sudyasi S.Davletmuradov, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi masʼullari, Döstlik mahalla fuqarolar yiğini raisi I.Ismailova hamda mahalla faollari iştirok etdilar.
Sud masʼullari tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 167-moddasiga köra özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, aybdorga işonib topşirilgan yoki uning ixtiyorida bölgan özganing mulkini özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş, bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud bir yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi va boşqalar töğrisida maʼlumot berildi. Şuningdek, öşa harakat köp miqdorda, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqeini suiisteʼmol qiliş yöli bilan sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki tört yuz sakson soatgaça majburiy jamoat işlari yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud ikki yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoki beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi tuşuntirildi.

Undan taşqari, öşa harakat juda köp miqdorda, öta xavfli retsidivist tomonidan, uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining uç yuz baravaridan olti yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi ham aytib ötildi. Agarda yetkazilgan moddiy zararning örni qoplangan taqdirda ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmasligi töğrisida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Oçiq muloqot tarzida ötkazilgan suhbat çoğida yiğiliş iştirokçilari özlarini qiziqtirgan barça savollarga javoblar oldilar.
J.Urazboyev, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶