24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:52
Jamiyat 👁 288

Masʼullar Choykoʻl ovulida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Masʼullar Choykoʻl ovulida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash orqali ularning daromadi va turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami nihoyatda kengaymoqda.

Xususan, Amudaryo tumanida ham muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari doirasida koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarining xizmatlari alohida eʼtiborga loyiq.

Yaqinda Amudaryo tumanining Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻinida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, hamda bandligi taʼminlangan aholi bilan suhbatlashish maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi deputati, Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi Yaxshimurod Axmedov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Mansur Oʻrazboev, Oʻzbekiston-liberal demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari Madamin Kazakovlar ishtirok etishdi.

Masʼullar dastlab, Choykoʻl ovulining hokim yordamchisi Rustam Rahimovning tashabbusi bilan imtiyozli kredit evaziga motokultivatorlar olib berilgan 4 nafar fuqarolar bilan suhbatlashishdi.

Uchrashuv davomida fuqarolardan Hursand Erkayev, Madrim Kamolov, Ilhom Abdullayev, Gʻulom Doʻstchanovlar ushbu texnika vositasi orqali mahalladoshlariga beminnat xizmat koʻrsatibgina qolmasdan, qoʻshimcha daromad manbaiga ham ega boʻlayotganligidan mamnun ekanligini bildirishdi.

Shundan soʻng, masʼullar ovul hududidagi Qoraqipchoq aholi punktiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida oʻz tomorqasida issiqxona bunyod etib, mahalladoshlarini havfsiz va arzon poliz maxsulotlari bilan taʼminlashni niyat qilgan Mahmud Norboyev, Rustam Bobojanovlar bilan suhbatlashib issiqxonani yanada kengaytirish boʻyicha oʻz tavsiya va takliflarini berishdi.

Bundan tashqari masʼullar, Noʻgʻay Eshon aholi punktida istiqomat qiluvchi chorvachilikning yetakchi sohalaridan biri − qoramolchilik bilan shugʻullanib, tumanimiz aholisini goʻsht, sut mahsulotlari bilan taʼminlayotgan Otabek Fayzullayevning xonadonida boʻlishdi.

Masʼullar Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritib, tadbirkorga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berdilar.

Otabek Fayzullayev bugungi kunda 50 bosh naslli qoramollar boqib, oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan birga mahalladoshlarining bandligi taʼminlanishiga ham hissa qoʻshmoqda.

Mamlakatimizda tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan ushbu imkoniyatlar doirasida koʻplab fuqarolarning bandligi taʼminlanishiga erishilmoqda.

Muxtasar aytganda tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor oʻz navbatida aholi bandligini taʼminlashga, ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishga, pirovardida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026