BAHOR – TOZALIK FASLIDA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI YaNADA QIZĞIN
Köklam kirib kelişi bilan yurtimizda obodonlaştiriş işlari yanada qizğin tus oladi. Ayniqsa, Navröz bayrami arafasida atrof-muhitni tozalaş, daraxtlarga şakl beriş, ariqlarni qazib, suv keltiriş kabi tadbirlar amalga oşiriladi.
Hududlarni kökalamzorlaştiriş, obod göşalarga aylantiriş işlariga alohida eʼtibor berilayotgan ayni kunlarda tumanimizda ham Obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida mahallalar, köçalar çiqindilardan tozalanib, daraxtlarning şoxlari butalmoqda. Yangidan köçatlar ötqazilib, butalar oqlanmoqda. Ariq va anhorlar atroflari qazilmoqda. Katta köçalarning çetlar, tekislanib, tartibli körinişga keltirilmoqda. Köp qavatli uylar, ijtimoiy soha obʼektlarining yon-atrofi begona ötlardan töliq tozalanib, bir neça oydan buyon töplanib turgan axlatlarni şahar hududidan çiqarib taşlaş işlari qizğin.
“Toza hudud” DUK tuman filiali işçilari ham bu işlarda jonbozlik körsatişmoqda. Korxonaga tegişli texnikalar haydovçilari G.Xudoyberganov, X.Nurullayev, F.Saparboyev, nazoratçi B.Davletova, M.Soatboyeva, yuklovçi H.Abdullayev, X.Yernazarov, M.Polvonovlar hududni toza saqlaş, aholiga bahor kayfiyatini bağişlaş böyiça öz zimmalaridagi vazifalarini aʼlo darajada uddalaşayotir.
Toza joyda toza havo, baraka böladi. Şu bois, tumanimiz aholisidan gözal bahor kunlarida atrof-muhit tozaligini saqlaşga masʼuliyat bilan qaraşini, har ikkala korxona işçilari mehnatini qadrlagan holda öz mahallasi, köçasi va turar joylari atrofini toza saqlaşini sörab qolamiz.
O.ÖROZALIYeVA,
Beruniy nomli mahalla faoli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶