Qarindoşga quda bölmang
Odam barça ösimliklar va hayvonot olami vakillari kabi tirik mavjudotlarga xos bölgan umumbiologik qonunlarga böysunadi. Ayniqsa, bu qonuniyat odam şaxsiy taraqqiyotida, irsiyatida yaqqol aks etadi. Odamning ana şu biologik holatlariga qadimdan alohida eʼtibor berib kelingan.
Hozirgi vaqtda odamlarda 2500ga yaqin kasallikning nasldan-naslga ötiş qonuniyatlari örganilgan. Ayniqsa, keyingi yillarda odamdagi mavjud belgilargina emas, balki ança murakkab sifatlar, hid biliş, taʼm seziş, eşitiş, köriş, hatto ayrim kasalliklarga moyillik, odam xulqining xususiyatlari, isteʼdod va boşqalarning ham nasldan-naslga ötişida irsiyatning roli borligi isbotlandi.
Qarindoşlar orasidagi nikohlarga alohida eʼtibor berişimizdan maqsad, ularning kelgusi farzandlar va avlodlar hayotida oğir oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkinligini va uning zararini yana bir bor ilmiy asosda aholining keng qatlamiga yetkazişdan iboratdir.
Tuğma, irsiy kasalliklarni davolaşdan köra, uning oldini oliş oson. Şuning uçun qarindoşga qiz beriş yoki qarindoşdan qiz olişga yöl qöymaslik kerak. Buni har bir ota-ona bilişi şart.
Qarindoşlik nikohi – bu ikki şaxsning ajdodlarining umumiy, ikkalasiga ham taalluqli bölişidir. Nima uçun qarindoşlar örtasidagi nikohda ota-onalar soğlom bölsa-da, ularning farzandlari irsiy kasallik bilan tuğiliş xavfi yuqori böladi?
Soğlom ota-onalarda faqat toza, soğlom genlar mavjud. Kasallik genini taşuvçilar esa özlari kasal bölmaydi, lekin kasallik genlarini farzandlariga beradi.
Tabiiyki, qarindoşlar orasidagi nikohda kasallik genlarining uçraşi ehtimoli yuqori böladi.
Qarindoşlik qança yaqin bölsa, kasallik paydo böliş ehtimoli şunça yuqori böladi.
Har bir bola öz genlarining yarmini onadan, ikkinçi yarmini otasidan oladi.
Şuni unutmang! Sizning barça genlaringizni aniqlaş usuli ham, imkoni ham yöq.
Farzandlaringiz kelajakda soğ-salomat, barkamol bölişini istasangiz, qarindoş-uruğlar örtasidagi nikohlardan voz keçing!
Dinora ABDURAIMOVA, TTB boş akuşer-ginekologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶