«Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yaşil daraxtzorlar barpo etilmoqda
Köçat ekib, boğ yaratiş, özimiz yaşab turgan hududni yaşil makonga aylantiriş ham azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Şu bois, ajdodlarimiz juda qadimdan guzar yöllar böylari, ekinzorlarning çetlariga, köçalar yoqalatib turli xil manzarali va mevali daraxt köçatlarini ötqazişgan va buni öz farzandlari uçun ham doimiy anʼanaga aylantirişgan. Mamlakatimizda yaşil hududlar barpo etiş, ekilgan har bir tup niholni avaylab-asraş, uning tuproqqa ildiz qöyib, unib-ösib ketişini taʼminlaş maqsadida har yili kuzgi va bahorgi köçat ekiş mavsumiga alohida puxta taraddud köriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabr kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida eʼlon qilingan "Yaşil makon" umummilliy loyihasi hamda daraxt ekiş böyiça "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Amudaryo tumanida 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumida 1 million 159 ming dona manzarali va mevali daraxt köçatlari ekiş rejalaştirilgan.
13-mart kuni Amudaryo tumaniga taşrif buyurgan Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi Narzullo Oblomurodov va mazkur qömita mutasaddilari Amudaryo tumani xokimi Sultonboy Yöldaşev bilan birgalikda Oq oltin ovuli hududidagi “Oq oltin Amudaryo” fermer xöjaligida bölişib, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududda amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdilar va uşbu jarayonga öz hissalarini qöşib, mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekdilar.

Ayni kunlarda Amudaryo tumanidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yöllari yoqasiga, qişloq xöjaligi yerlari atroflaridagi ihota daraxtzorlar barpo etiladigan yerlarda, fermer xöjaliklari ekin yer maydonlari çetlariga, oliy va örta maxsus taʼlim, xalq taʼlimi, maktabgaça taʼlim hamda soğliqni saqlaş yönalişlaridagi muassasalar hududlariga, şuningdek, korxonalar va xizmat körsatiş sohalari hududlari, tuman obodonlaştiriş boşqarmasi tasarrufidagi hududlar va obʼektlarda iqlim şaroitimizga mos mevali va manzarali daraxtlar köçatlarini ekiş işlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tumandagi ovul va mahallalar hududlarida 2021-yil kuz mavsumida 434,6 ming dona manzarali va mevali daraxt köçatlari ekiş rejalaştirilib, şundan 1,5 ming dona viagra arçasi, 2 ming dona şarq tuyasi, 3 ming dona yapon saforasi, 10,6 ming dona katalpa, 9,5 ming dona şumtol, 15,9 ming dona qayrağoç köçatlari ekildi. Bundan taşqari, 2 ming dona jiyda, 24,5 ming dona tut, 6,1 ming dona zarang, 5,5 ming dona akatsiya, 13 ming dona terak, 920 ming dona suriya atirguli, boşqa turdagi 315 ming dona manzarali daraxtlar, 49 ming dona yonğoq daraxtlari, ming dona uzum, şuningdek, 44 ming dona qalamça şaklidagi köçatlar ekildi.
Hozirgi kunda uşbu ekilgan köçatlarning holatlari örganilib, suğoriş tizimi xamda parvarişlaş böyiça nazorat qiliş va xatlovdan ötkaziş işlari olib borilmoqda.
Tumanimizda bahorgi köçat ekiş mavsumiga ham puxta taraddud körildi. Avvalo köçat ekiladigan hududlar xaritasi tuzilib, ekiladigan köçatlarni yer, suv şaroitiga mutanosib ravişda joylaştiriş böyiça örganişlar ötkazildi. Ayni paytda 2022-yil bahor mavsumida 724,4 ming dona manzarali va mevali daraxt köçatlari ekiş işlari boşlab yuborildi.
Joriy yilgi ekiş mavsumida 500 dona viagra arçasi, 800 dona şarq tuyasi, 1,3 ming dona yapon saforasi, 4,6 ming dona katalpa, 4,5 ming dona şumtol, 6,3 ming dona qayrağoç, 800 dona jiyda, 34,3 ming dona tut köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, 3 ming dona zarang, 2,4 ming dona akatsiya, 7,7 ming dona terak, 400 dona suriya atirguli, 146 ming dona daraxt va buta köçatlari, 24,7 ming dona yonğoq, 6,5 ming dona uzum, 136,2 ming dona qalamçalar ekiş işlari amalga oşirilmoqda.
N.Uzakboyev, Amudaryo tumani nazorat böyiça inspektsiya boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶