17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:00
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,176

Yuragida oʻti bor fermer

Yuragida oʻti bor fermer

Katta yoʻl boʻyida yastanib yotgan keng paxtazorlar hosili chamanday oppoq boʻlib ochilib turgani uchun xuddi poyonsizday tuyuladi qaragan kishiga. Dala atrofi yovvoyi oʻtlardan tozalanib, yoʻlaklar qoʻyilganligi, yoʻlak chetiga ekilgan qovoqlar hosil tugib, gurkirab oʻsib turganligi, ayniqsa, ariq boʻylaridagi bir tekis tizilishib turgan teraklar beixtiyor kishi diqqatini tortadi. Kimlardir oʻz hovlisi atrofini obodonlashtira olmay, tomorqasini oʻt bosib yotadi-yu, intilish boʻlsa, hatto butun boshli, salkam ikki yuz gektarlik xoʻjalik hududini ham ana shunday koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish mumkin ekan-da.

Yoʻl boʻyida, dala chetiga qurilgan shinam shiypon atrofiga ekilgan qovoqlar palagi ham shiyponga oʻrmalab turganini koʻrib, aftidan xoʻjalik aʼzolari qovoqni yaxshi koʻrishar ekan-da, deb oʻylarsiz? Yoʻq, xoʻjalik hududini aylangan odam ularning har bir qarich yerdan unumli foydalanayotganini anglashi qiyin emas.

"Amirxon” fermer xoʻjaligi raisi Otaxon Qurboniyozov tinib-tinchimaydigan, xoʻjalik aʼzolaridan ham shunday harakatni talab qiladigan odam. Shuning uchun ham barcha ekinlardan hamma dalalarda moʻl hosil yetishtiriladi, rejalar ortigʻi bilan ado etiladi. Ular oʻtgan yili 299 tonnadan ziyod paxta, 42,1 tonna gʻalla, 1,1 tonna pilla, 14 tonna meva, 1,4 tonna baliq, 3 tonna moyli ekin hosili, 40 tonna kartoshka, 13,5 tonna sabzavot, 28,9 tonna sholi yetishtirgan edilar. Bu yilgi hosil choʻgʻi ham yomon emas. Asosiy ekin – 92 gektar paxta maydonlaridagi har bir tup gʻoʻza hosildor boʻlib yetilishi uchun qilingan mashaqqatli mehnatlar zoye ketmadi. Ayni kunda ilk terimning oʻzidayoq gektarlar hosildorligi 25 tsentnerdan oshib ketayapti.

- Birinchi terim hech boʻlmagan-da, 40 tsentner hosil bersa ekan, - yarim hazil, yarim chin paxtazorga qarab soʻzlaydi fermer. – Yoʻq, men buni ochkoʻzligimdan aytmayapman. Mana shu koʻrib turgan dalangizdagi hosil yaralguncha qilingan mehnat 40 tsentner va hatto undan ham ortiq hosil olishga arziydi.

Ha, paxta mehrtalab, parvarishtalab oʻsimlik.

Otaxon Qurboniyozov mazkur fermer xoʻjaligini tuzgan vaqtida, 2002-yilda yerlar shoʻrlab ketgan, otizlarning chetlarining besh-olti metr joyini yovvoyi oʻtlar tomiri egallab yotgan edi. U ishni xoʻjalik hududidagi zahkashlarni qazdirib, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashdan boshladi. Tajribali, omilkor dehqonlardan maslahatlar, yoʻl-yoʻriqlar oldi. Natijada oʻgʻlining nomi bilan ataluvchi "Amirxon” fermer xoʻjaligini tumandagi dehqonchilik madaniyati yuksalgan, ilgʻor fermer xoʻjaligiga aylantirdi.

"Amirxon” fermer xoʻjaligida 2007-yilda 3 gektarlik bogʻ tashkil etildi, 2010 yilda baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik ham yoʻlga qoʻyildi. Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchiliktsexlari aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Otaxon Qurboniyozovning mehnatsevarligi, tirishqoqligi inobatga olinib, unga 2008-yilda "Qilichboy” muqobil mashina traktor parki raisi, 2012-yilda tuman Fermerlar Kengashi raisi lavozimlari ham ishonib topshirildi. U bularning barining uddasidan chiqayapti.

- Koʻngilda shu ishni qilayin, degan niyat boʻlsa, odam albatta niyatiga yetar ekan, - deydi kulib fermer.

Ezgu niyatlar yoʻlida qilgan mehnatlari, erishgan yutuqlari uni elda eʼzozli, obroʻ-eʼtiborli qildi, davlatimizningeʼtiroflariga sazovor etdi: u 2008-yilda"Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi” unvoni, 2010 yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi koʻkrak nishoni sohibi boʻldi.

Yaqinda Otaxon Qurboniyozovning hayotida yana bir unutilmas voqea sodir boʻldi. U Respublikamiz mustaqilligining 23 yilligi bayrami arafasida Yurtboshimizning Farmoniga koʻra "Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Xushxabarning qanoti boʻladi, deyishadiku, bu tumanimizga tezda tarqaldi. Quvongan, qutlagan, havas qilganlar koʻp boʻldi, "yuragida oʻti bor, tinib-tinchimaydigan, ser-gʻayrat yigit, mehnatlarining rohatini koʻrsin”, deyishdi.

- Erishayotgan yutuqlarimiz butun jamoamizning mehnati tufayli, - deydi fermerning oʻzi kamtarlik bilan. Insonni mehnati ulugʻlaydi, degan iboraning tasdigʻini uning timsolida ham koʻrish mumkin.

Otaxon Qurboniyozov nafaqat "Amirxon” fermer xoʻjaligi, nafaqat "Qilichboy” MMTP xizmat koʻrsatuvchi 22 ta fermer xoʻjaliklari, balki, tuman Fermerlar Kengashi tarkibidagi barcha fermer xoʻjaliklar faoliyati yanada yaxshilanishi, yil muvaffaqiyatli yakunlanishi, rejalari ortigʻi bilan ado etilishi uchun masʼul hisoblaydi oʻzini.

Quvonarlisi shuki, tumanimiz paxta dalalarida yetishtirilgan hosil, yigʻim-terim surʼati rejalar bajarilib, dehqonning yuzi yorugʻ boʻladigan kunlar yaqinligidan dalolat berib turibdi.

Oygul RAJABOVA.

M.Habibullayev olgan suratlar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026