Zulfiyaxonim izdoshlari tanlovi
Tumanimizdagi yosh ijodkorlarni ragʻbatlantirish, ularga eʼtibor berish, ular ichidan Zulfiyaxonim izdoshlarini kashf etish maqsadida yaqinda "Barkamol avlod” bolalar markazida "Yuragimda yashaysan Vatan!” shiori ostida ijodiy koʻrik-tanlov boʻlib oʻtdi. Unda uchta shart boʻlib, birinchi shartda har bir yosh ijodkor oʻz ijodidan namunalar oʻqib berishdi. Ikkinchi shart "Yuragimda yashaysan Vatan!” iborasi ishtirokida sheʼr yozish boʻldi. Uchinchi shartda har bir oʻquvchiga adabiyotga oid oʻnta savol berildi va unga yosh ijodkorlar aʼlo darajada javob berishdi. Tanlov har bir oʻquvchiga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi va har birining qalbida adabiyotga, sheʼriyatga mehr uygʻotdi. Tanlovni tashkil qilgan markazning toʻgarak rahbari Zulfiya Ollayorovadan barcha ishtirokchilar minnatdor boʻlishdi.
Koʻrik-tanlov shartlarini aʼlo darajada bajargan qizlar alohida ragʻbatlantirildi. Ularning ijodiy ishlari bolalar uchun moʻljallangan gazetalarda yoritishga tavsiya etildi.
Iroda Erdosheva, 38-maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶