24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:52
Jamiyat 👁 170

AYoLLARI QADR TOPGAN JAMIYaT MUSTAHKAM BOʻLADI

AYoLLARI QADR TOPGAN  JAMIYaT MUSTAHKAM BOʻLADI

Yurtimizda xotin-qizlarni qadrlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Boisi, rivojlangan jamiyatlarda madaniyatlilik darajasi xotin-qizlarga boʻlgan munosabat va ular uchun yaratilgan imkoniyatlarga qarab belgilanadi. Shu bilan birga ayollari qadr topgan, eʼzozlangan jamiyat doim mustahkam boʻladi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Gavhar Oʻtemuradova ham Ichki ishlar boʻlimida profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning muammolarini oʻrganish, aniqlangan muammolarini ijobiy hal etish orqali, sogʻlom turmush tarziga qaytarish choralarini koʻrib kelmoqda. 

Inspektor oʻz faoliyati davomida tumanda ajrashish yoqasiga kelib qolgan 122 ta oilalarning barchasi bilan manzilli profilaktik ishlarni amalga oshirdi. Olib borilgan ishlar natijasida 44 ta oilani yarashtirishga erishildi.

Yurtimizda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik ishlatilishining oldini olish maqsadida himoya orderi instituti joriy etilib, ichki ishlar tizimida tazyiq va zoʻravonlikka duch kelgan xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash maqsadida himoya orderlari berila boshlandi. Shunga koʻra, oʻtgan yil davomida 164 ta, joriy yilning 2 oyida 29 ta  xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.

Joriy yil fevral oyida G.Oʻtemuradova kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj, yashashga joyi boʻlmagan 70 yoshli ayol N.Otajonovaning vaqtincha uy-joy bilan taʼminlanishiga   koʻmaklashdi.

Inspektor probatsiya guruhida hisobda turgan 9 nafar, spirtli ichimlikka ruju qoʻygan 3 nafar, tajovuzkor, ruhiy kasal sifatida ruyxatda turgan 3 nafar ayollar, farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ota-ona, ajrashish yoqasiga kelib qolgan 46 ta, notinch boʻlgan  1 ta oila, sudlangan 9 nafar, kam taʼminlangan 301 nafar, bandligi taʼminlanmagan 697 nafar xotin-qizlar bilan doimiy davra suhbatlari, psixologik treninglar, tadbirlar tashkillashtirib kelmoqda.

Ayniqsa, Probatsiya guruhi nazoratida axloq tuzatish jazosini oʻtayotgan  A.Shermanova, A.Kamolovalar oʻzlarining bandligi taʼminlanishiga amaliy yordam berilganidan juda mamnun.

G.Oʻtemuradova ayol-qizlar bandligi taʼminlanishiga yaqindan yordamlashib, har bir mahalladan pishiriqlar tayyorlash, tikuv tsexlari, sartaroshxonalar, issiqxonalar tashkil etish, parrandachilik, chorvachilik, quyonchilik bilan shugʻullanish tashabbusi bilan chiqqan ayollarga bankdan kreditlar ajratilishiga ham koʻmaklashib kelmoqda.                                                                                                                                         Oʻz ishini fidoyilik bilan bajarib kelayotgan G.Utemuradova har bir ayol-qizni opasi, singlisidek koʻrib, imkoniyat darajasida koʻmak berishga harakat qiladi. Buni mahalla va ovullarga ayollar bilan uchrashishga borgan kezlarida ularning inspektor qarshisiga oʻz yaqinini koʻrgandek peshvoz chiqishlaridan ham ilgʻash mumkin.

Tuman ayol-qizlari huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan birga ularning hayoti ham yaxshilanishiga maʼnan koʻmak berib kelayotgan G.Oʻtemuradova namunali oilaning bekasi. U umr yoʻldoshi S.Seyitov bilan birga ichki ishlar sohasida 20-yildan ziyod vaqtdan beri xizmat qilib kelmoqda. Farzandlar ham ota-ona izidan borib, shu kasbni tanlashgan. Oʻgʻli Yergʻali, hatto oilaga kelin boʻlib tushgan Ravshanoy ham ichki ishlar xodimi boʻlib xizmat qilishadi. Katta qizi Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan boʻlsa, kichik qiz hali talaba, Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olmoqda.

Oʻz sohasi jonkuyari boʻlish bilan birga oilasida ham sogʻlom muhit yaratishga erishgan G.Oʻtemuradovaning ishlariga muvaffaqiyat tilab, 8-mart – ayol-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026