Ulkan rejalar ostonasida
Mana, 2014-2015 yangi oʻquv yilining ham ilk saboqlari boshlandi. Bugun farzandlarimizning yaxshi bilim olishlari bilan birga ularni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy dunyoqarashi, bilim va tafakkurini boyitish, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuygʻularini yanada yuksaltirish uchun biz ustozlarga barcha sharoitlar muhayyo.
Yurtimizda taʼlim-tarbiya sohasiga tadbiq etilgan "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” bois jahon andozalari darajasidagi maktablar barpo etildi, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy oʻquv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyildi. Bu yil bizning maktabimiz oʻqituvchilari uchun yangi oʻquv yili qoʻshaloq bayram boʻldi. Chunki maktabimizning ochilganiga 30-yil toʻldi.
Men mana shu maktabga ishga kelganimda yosh, tajribasiz bir oʻqituvchi edim. Koʻpgina salohiyatli, intiluvchan oʻqituvchilardan dars oʻtish sirlarini oʻrgandim va bugungi kunda oʻzim ham yosh oʻqituvchilarga bilganimni oʻrgatib kelmoqdaman. Mana shu yillar mobaynida koʻpgina jonkuyar ustozlar maktabimizning salohiyatini yuksaltirish yoʻlida oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar. Maktabimizni bitirib ketgan oʻquvchilarimiz hozirgi kunda mamlakatimizning turli shaharlarida har xil sohalarda faoliyat koʻrsatib kelmoqdalar.
Maktabimizda oʻquvchilar bilim olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo. Keng va yorugʻ sinf xonalari, fan xonalari, kompyuter sinfi, elektron doskalar, sport zali, oshxona, toʻgarak xonalari bor. Mustaqillik tufayli inson qadri hamisha ardoqda boʻlgan yurtimizda oʻz kasbini sevgan, mehnat qilgan oʻqituvchi ustozlar hech qachon kam boʻlmaydi. Chunki, soha xodimlari har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ragʻbatlantirib borilmoqda.
Men tumanimizdagi barcha mehnatkashlarni, oʻqituvchilarni, oʻquvchilarni mustaqillik kuni va yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan tabriklayman.
Mustaqil Oʻzbekistonimizning rivojlanishi yoʻlida hormay-tolmay mehnat qilishini tilab qolaman.
Dilorom YoQUBOVA,
40-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶