Milliy boyligimizga beparvo qaramaylik
Ayni damlarda tumanimizda paxta yiğim-terimiga tayyorgarlik işlari qizğin olib borilmoqda. Yiğim-terim davrida yonğin xavfining oldini oliş alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, paxta bizning milliy boyligimiz, iftixorimiz hisoblanadi. Şuning uçun uni asraşga barça şart-şaroitlarni işga solişimiz, yonğin çiqişining oldini olişimiz zarur.
Barça fermer xöjaliklarida paxta xirmonlari, paxta quritiş örinlari suv havzalari bor bölgan yoki suv hovuzlari mavjud bölgan joylarga yaqin bölişi kerak. Paxta hosilini paxta qabul qiliş punktlariga eltişga alohida eʼtibor va masʼuliyat zarur. Traktor tirkamalariga ortilgan paxta ustiga albatta şolça yoki brezent yopilişi kerak, aks holda yonğin kelib çiqişi mumkin. Paxta qabul qiliş punktlarida va paxta dalalarida çekiş, oçiq olovdan foydalaniş hamda paxta hosilini yöl çetlarida quritiş qatʼiyan maʼn qilinadi. Xirmonlar, paxta quritiş örinlari, yöl böylari hamda paxta qabul qiliş şoxobçalarida «Paxtani olovdan asraylik!», «Çekilmasin!», «Olovdan foydalaniş maʼn qilinadi!» kabi körsatmalar, pannolar bilan taʼminlanişi lozim va birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan töliq taʼminlanişi zarur.
Bizning tumanimizdagi «Yulduz» oçiq aktsiyadorlik jamiyati hamda unga qaraşli paxta qabul qiliş şoxobçalarida paxta hosilini qabul qilişga tayyorgarlik işlari nihoyasiga yetib, paxta hosilini qabul qiliş işlari boşlandi va davom qildirilmoqda. Jamiyat va unga qaraşli şoxobçalar yonğinga qarşi birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan taʼminlangan. «Paxta-2014» yiğim-terim mavsumiga yordamga kelgan haşarçilarning yaşaş joylarida yonğin xavfsizligi çoralarini köriş uçun bir qança işlar olib borildi. Hozirgi kunda yuqoridagi tartib qoidalar töğrisida suhbatlar ötkazilib, yöriqnomalar va körsatmalar berilmoqda.
Muhtaram yurtdoşlar! Bu yilgi «Paxta - 2014» yiğim-terim mavsumida faol qatnaşib, yonğin xavfsizligi bölinmasi xodimlarining körsatmalarini öz vaqtida bajarsak, milliy boyligimiz bölgan paxtani yonğindan asraymiz.
H.MATYoQUBOV,
tuman IIB YoXB boşliği, mayor.
(Foto - uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶