21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:24
Iqtisodiyot 👁 231

IJRO SAMARADORLIGINI OShIRISh BORASIDA HAMKORLIK YaNADA KUChAYTIRILADI

IJRO SAMARADORLIGINI OShIRISh BORASIDA HAMKORLIK YaNADA KUChAYTIRILADI

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi masʼullari, davlat ijrochilari ishtirokida oʻtkazilgan seminar davomida ish yuritishda “E-XSUD” tizimi va “MIB Portal” dasturi orqali maʼlumotlar almashinuvini yanada takomillashtirish, hamkorlikni mustahkamlash, xato-kamchiliklarni bartaraf qilib borish kabi masalalar muhokama etilgan edi. Shunga koʻra, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, kelgusida sud hujjatlarining ijrosini qonuniy muddatlarda toʻliq taʼminlash, fuqarolarning sudga boʻlgan ishonchini mustahkamlash va ularning manfaatlarini kafolatli himoya qilish borasida qatʼiy choralar, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Taʼkidlash joizki, Majburiy ijro byurosining Amudaryo tumani boʻlimiga 2021-yil 31-dekabr holatiga oʻtgan yildan qoldiq bilan birga 128,4 mlrd. soʻmlik jami 16,4 ming ijro hujjatlari kelib tushgan va oʻtgan yil davomida 97,8 mlrd. soʻmlik 9 478 ta ijro hujjatlarining ijrosi tamomlangan. Shundan 58,4 mlrd. soʻmlik 6 533 ta ijro hujjatlari amalda undirilgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlardan 26,4 mlrd. soʻmlik 6 866 ta ijro hujjatlari kelib tushgan boʻlsa, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8,24-moddalariga asosan 2,9 mlrd. soʻmlik 465 ta, yaʼni 6,7 foiz ijro hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ijroga qabul qilinmasdan qaytarilgan.

Misol tariqasida keltirib oʻtish oʻrinliki, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudining 2021-yil 24-dekabr kungi ijro hujjatiga koʻra qarzdor S.J. dan davlat foydasiga DSI foydasiga 2 mln. 393,6 ming soʻm soliq qarzi undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati “MIB Portal” dasturi orqali kelib tushgan va ushbu ijro hujjatining mazmuni, qaysi ish boʻyicha berilgan, qarzdor, undiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoʻqligi sababli, Qonunning 8,24-moddasiga asosan qaytarilgan.

Bundan tashqari, ushbu sudning 2021-yil 22-oktyabr kungi ijro hujjatiga koʻra, qarzdor Q.A. dan undiruvchi Oʻ.S. ning foydasiga 1,3 mln. soʻm undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati “MIB Portal” dasturi orqali kelib tushgan va ushbu ijro hujjatining PDF ilovasi dasturida yoʻqligi sababli Qonunning 8,24-moddalariga asosan qaytarilgan.

Shuni alohida taʼkidlash joiz, Byuro tomonidan ijro hujjatlarini asossiz qaytarish holatlari faoliyatda oʻrin olmagan boʻlib, endilikda ijro hujjatlarini yuborishga masʼul sud organi va Byuro xodimlari ish yuritishda “E-XSUD” tizimi va “MIB Portal” dasturi orqali maʼlumotlar almashinuvini yanada takomillashtirish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, hamkorlikni mustahkamlash, xato-kamchiliklarni bartaraf qilib borish boʻyicha tizimli choralar belgilandi.

Majburiy ijro byurosi Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026