Aholini uy-joy bilan taʼminlaşga oid tub islohotlar amalga oşirilmoqda
Bugungi kunda mamlakatimizda aholini uy-joy bilan taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilişi natijasida insonlarning yaşaş şaroitlari tobora yaxşilanmoqda. Bu borada amalga oşirilayotgan islohotlar özining ijobiy samarasini bermoqda.
Özbekiston Respulikasi Prezidentining 2021-yilning 11-mart sanasida imzolagan “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratiş orqali aholini uy-joy bilan taʼminlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötardi. Uşbu Farmon ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlaş, uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj oilalarni ijtimoiy va moliyaviy qöllab-quvvatlaş, xususiy pudrat taşkilotlarini uy-joy qurilişi sohasiga keng jalb etiş böyiça şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan islohotlarning kölamini kengaytirişga xizmat qilmoqda.
Mazkur Farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustda “Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga «Uy-joy sotib oliş yoki yakka tartibdagi uy-joylarni quriş va rekonstruktsiya qiliş uçun fuqarolarga subsidiya tölaş tartibi töğrisida”gi Nizom ilova qilingan.
Nizomda Prezidentimizning «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni asosida joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlaşning yangi tartibi doirasida köp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib oliş uçun ipoteka krediti böyiça boşlanğiç badal va foizlarning bir qismini qoplaş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablağlari hisobiga subsidiya taqdim etiladigan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini, şu jumladan, daromadi yuqori bölmagan va uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan fuqarolarni aniqlaş mezonlari, subsidiyalarni hisoblaş va tölaş tartibi belgilab berilgan.
Şuningdek, mazkur Nizom Prezidentimizning «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratiş orqali aholini uy-joy bilan taʼminlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni asosida yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari böyiça foizlarning bir qismini qoplaş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablağlari hisobiga tölaş tartibini belgilaydi.
Qolaversa, uşbu Nizom doirasida aholiga ipoteka kreditlari bozor şartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida, yaʼni şaharlar va qişloq joylarda birlamçi bozordagi kvartiralarni sotib oliş hamda yakka tartibdagi uy-joylarni quriş va rekonstruktsiya qiliş uçun ajratilişi körsatilgan.
Nafisa Xudaybergenova, tuman Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶