16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:27
Jamiyat 👁 188

TOSh YoP OVULIDA “MUSTAHKAM OILA – JAMIYaT TAYaNChI” DEB NOMLANGAN PSIXOLOGIK SEMINAR OʻTKAZILDI

TOSh YoP OVULIDA “MUSTAHKAM OILA – JAMIYaT TAYaNChI” DEB NOMLANGAN PSIXOLOGIK SEMINAR OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanining Tosh yop ovulida bir guruh faol nuroniylar, boy hayotiy tajribaga ega moʻʼtabar onaxonlar va ibratli qaynonalar, namunali oilalar vakillari va yoshlarni jalb qilgan holda psixologik seminar tashkil etildi.

Joriy yil 25-fevral kuni boʻlib oʻtgan ushbu seminarda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Goʻzal Soburova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva, Ichki ishlar boʻlimining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Gavhar Utemuradova va 27-sonli maktab psixologi Mavluda Toʻrayeva, Tosh yop ovul fuqarolar yigʻini raisi Gulshod Sobirovalar qatnashishdi.

Seminarda dastlab tumanda oʻtgan davrdagi oilalar oʻrtasidagi ajralishlar, har bir ajralish tufayli begunoh goʻdaklar yetim boʻlib qolayotganligi, xotin-qizlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan turli salbiy holatlar barchani jiddiy tashvishga solayotgani toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Shuningdek, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taʼminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saklaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson boʻlib yetishishiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan tarbiya oʻchogʻi ekanligi toʻgʻrisidagi fikrlar bayon qilindi.

Tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Goʻzal Soburova ham soʻzga chiqib, oilada sogʻlom muhitni yuksaltirish, ajdodlarimizning oila masalasidagi maʼnaviy-axloqiy meroslarini targʻib qilish, erta, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, qaynona va kelin munosabatlarini mustahkamlashga koʻmaklashish kerakligi toʻgʻrisida oʻz mulohazalarini aytib oʻtdi.

Seminar davomida tuman Ichki ishlar boʻlimining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Gavhar Utemuradovalar Prezidentimizning 2021-yil 19-maydagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyati hamda tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni himoya qilish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, ularga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni jamiyatdagi mavqeini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, maʼruzachilar ijtimoiy jihatdan ogʻir ahvolda boʻlgan oilalarni oʻz vaqtida aniqlab, ularga ijtimoiy, huquqiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni oʻz vaqtida aniqlab, ular bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish, har bir sodir etilgan huquqbuzarlikning sabab va sharoitlarini chuqur oʻrganish va tahlil qilish maishiy zoʻravonlikning oldini olish borasidagi muhim qadam ekanligini eʼtirof etishdi. Malakali psixologlar tomonidan bu kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Seminar yakunida ishtorkchilarga kofe-breyk tashkil qilindi. Tadbir savol-javoblar asosida mazmunli oʻtdi.

Gavhar ChIMBAYChIYeVA, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019