24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:27
Jamiyat 👁 445

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov tumanimizga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov tumanimizga tashrif buyurdi

Maʼlumki, 2020-yil 11-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

 Mazkur qaror ijrosi boʻyicha Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 21-fevral kuni Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov tumanimizga tashrif buyurdi.

Dastlab tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bilan birgalikda “Rasulov Erkin asalchi” fermer xoʻjaligiga qarashli asalarichilik klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 2019-yilda tashkil etilgan bu klasterda shifobaxsh va oʻta foydali yantoq gulidan yuqori sifatli asal olish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu turdagi asal ichki bozorda juda xaridorgirdir. Ushbu klasterda har mavsumda asalarichilik qilish istagidagi koʻplab yoshlar kasbga oʻqitilib, oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyishlari uchun asalari oilalari beriladi.

Aktam Haitov klaster faoliyati bilan tanishar ekan, yosh asalarichilarni oʻqitish va ishga jalb qilish borasida yoʻlga qoʻyilgan yangi tajribani qoʻllab-quvvatladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasida asalarichilikni yanada rivojlantirish borasida oʻzining foydali taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.

Shundan soʻng tumandagi mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilarinig faoliyati bilan tanishish maqsadida ular bilan uchrashdi.

Jumladan, Oʻrta qala ovul fuqarolar yigʻiniga biriktirilgan hokim yordamchisi Hamza Haytimbetovning ish joyiga borib, ish sharoitlari, fermer va dehqon xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha ovul hududida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Hokim yordamchisi oʻz mahallasidagi fuqarolar bilan birma-bir muloqotda boʻlib qishloq xoʻjaligining turli yoʻnalishlarida tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga imtiyozli kredit va yer ajratishda amaliy yordam berilayotganligini maʼlum qildi.

Qolaversa, Oʻrta qalʼa ovuli yerlari serhosil boʻlib, dehqon xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga moslashganligi, hudud aholisining daromad manbai asosan dehqonchilik mahsulotlaridan iborat ekanligi inobatga olinib, ovul oilalarga issiqxonalar tashkil qilgan holda oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda. Bu esa aholi bandligini taʼminlash va oilalarning daromad manbaiga ega boʻlishida, bozorlarimizdagi toʻkin-sochinlik va narx-navo barqarorligiga zamin yaratmoqda.

Tashrif yakunida tuman hokimligi binosining majlislar zalida Aktam Haitov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi masʼullari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev mahallalarda yangidan ish boshlagan hokim yordamchilarining ish faoliyatini samarali tashkil qilishlari boʻyicha zarur koʻrsatma va tavsiyalari berdi.

Aktam Haitov tomonidan hokim yordamchilari har bir oilaning yashash tarzidan, oilaviy sharoitidan doimo bohabar boʻlib turishi, oʻzlari biriktirilgan mahallani har tomonlama rivojlantirishga, aholining yashash sharoitini yaxshilashga va tadbirkorlik qobilyatini qoʻllab- quvvatlashga masʼul ekanligi aytib oʻtildi.

Shundan soʻng, O‘zLiDeP rahbari Aktam Haitov partiyaga aʼzo boʻlish istagini bildirgan hokim yordamchilariga aʼzolik guvohnomalarini topshirdi.

Shuningdek, partiyaning saylovoldi dasturida belgilab qoʻyilgan vazifalar ijrosini taʼminlashda partiya aʼzolari va faollari sidqidildan harakat qilmogʻi lozimligi taʼkidlandi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026