14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:13
Fan va taʼlim 👁 409

“Borliqni boʻston aylagan Bobur” nomli badiiy kecha oʻtkazildi

“Borliqni boʻston aylagan Bobur” nomli badiiy kecha oʻtkazildi

Mamlakatimizda milliy va maʼnaviy qadriyatlar ardoqlanib, boy madaniy merosimizga yangicha munosabat shakllanib bormoqda. Shoh va shoir, ham nasr, ham nazmda samarali ijod qilgan, buyuk mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning boy adabiy va ilmiy merosi jahon ahlining yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlib kelmoqda. Millatimiz faxri boʻlmish Bobur kabi buyuk siymolarni yod etish har birimiz uchun ham farz ham qarzdir.

14-fevral kuni Amudaryo tumani Xalq taʼlim boʻlimiga qarashli 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida shoh va shoir, davlat arbobi − Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Borliqni boʻston aylagan Bobur” nomli badiiy kecha oʻtkazildi. Tadbirda 65- ,67- va 11-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari qatnashib, buyuk bobomiz haqida olgan bilimlarini yanada kengaytirib, mustahkamlashdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Bobur shaxsiyatining mamlakatimizda va umuman, jahon tarixi, madaniyatidagi oʻrni, navqiron avlod uchun ibratli jihatlari, bu zot qoldirgan bebaho maʼnaviy merosning ahamiyati xususida toʻxtalishdi.

Tadbir doʻstona va koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Dastlab, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilarining Bobur hayoti va ijodi yuzasidan tuzgan savollariga oʻquvchilar zukkolik va epchillik bilan javoblar berishdi. Shuningdek, maktab oʻquvchilari tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yoʻlini gavdalantirish maqsadida, Bobur sulolasi va uning shaxsiyatiga daxldor suratlar nomoyish qilindi.

Bundan tashqari, oʻquvchilar shoirning gʻazal va ruboiylaridan namunalarni ifodali tarzda oʻqidilar.

Ayniqsa, maktab kutubxonasi tomonidan tashkil qilingan koʻrgazma oʻquvchilarda oʻzgacha qiziqish va taassurot qoldirdi. Sababi, Bobur hayotini toʻlaqonli aks ettiruvchi “Boburnoma”, XV-XVI asrlarda zamonasining mashhur shoirlari tomonidan yozilgan qoʻlyozmalarning nusxalari oʻquvchilarni XV asr tomon yetakladi.

Tadbir davomida oʻquvchilar 12 yoshidan boshlab davlatni boshqargan buyuk sarkardaning Alisher Navoiydan keyingi betakror siymo ekanligini yanada teran his qildilar.

Oʻtkazilgan ushbu tadbir orqali Boburning hayot yoʻli, boshidan kechirgan qiyinchiliklari va undan chiqargan xulosalari oʻquvchilarga har tomonlama oʻrnak va namuna boʻldi desak adashmagan boʻlamiz.

Tadbir yakunida badiiy kechada ishtirok etgan barcha oʻquvchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Darhaqiqat, oʻz ona zaminidan yiroqda butunlay begona yurtni makon tutgan bobomiz tarqoq holdagi hind qabilalarini birlashtirib Boburiylar imperiyasiga asos soldi. Bor yoʻgʻi 47-yil umr koʻrgan boʻlsa ham, avlodlariga bitmas-tuganmas maʼnaviy xazina qoldirdi. U oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida jahon hamjamiyatida oʻzining yuksak oʻrniga egaligi bilan bizga gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.

Boburning tavallud kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan kechalar, konferetsiyalar, tadbirlar bobomizni yod etishga, uning boy merosini targʻib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Shunday ekan, har bir Vatandoshimiz qalbida Bobur siymosini aardoqlab, uning boy merosini kelgusi avlodga etkazishga daxldor ekanligini chuqur his qilmogʻi lozim.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019