36-SONLI MAKTABDA «ShOH VA ShOIR XOTIRASI EHTIROMDA» DEB NOMLANGAN ADABIY-BADIIY KEChA OʻTKAZILDI
Shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan 36-sonli maktabda «Shoh va shoir xotirasi ehtiromda» nomi bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari U.Jumaniyozova, S.Yusupova hamda boshqalar tomonidan tashkil etilgan ushbu kechada maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari B.Xoʻjamurodov, Chordara mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi A.Eshimbetov hamda maktab oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Kechada Zahiriddin Muhammad Boburning betakror sheʼriyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal maʼlumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlab aytildi. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solingani, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgani faxru-iftixor bilan, alohida tilga olindi.
Adabiy kechani maktabning 5-8-sinflar oʻquvchilari Bobur ijodiga mansub gʻazallar va ruboiylar bilan davom ettirishdi. Ayniqsa, kuyga solinib, qoʻshiq qilib ijro etilgan bobokalon gʻazallari hammaga juda manzur boʻldi.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶