Sektor rahbariyati tomonidan 7 nafar fuqaroga jöja çiqarişga möljallangan inkubatorlar berildi
Xalq bilan muloqot qiliş, joylardagi mavjud muammolarni mahallabay, xonadonbay örganiş orqali odamlarni qiynayotgan masalalarga yeçim topiş, özaro hamjihatlik asosida hududlarni rivojlantiriş, aholi yaşaş hududlari infratuzulmalarni yaxşilaş, oilaviy tadbirkorlik va kiçik biznesga qulay şaroitlar yaratiş kabi keng kölamli işlarni amalga oşirişda sektorlar rahbarlari samarali tarza faoliyat olib borişmoqda.
7-fevral kuni Amudaryo tumanining 4-sektori rahbari Aydos Seyitov tomonidan öz xududidagi aholi yaşaş şaroitlari örganilib, tadbirkorlik qiliş istagidagi fuqarolar bilan suhbat ötkazildi.
Fuqarolarning istak va murojaatlari inobatga olinib, cektor rahbari hamda sektor hududida faoliyat yuritayotgan fermerlar tomonidan tadbirkorlik qiliş istagidagi 7 nafar fuqaroga 500 ta jöja çiqarişga möljallangan inkubatorlar berildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va özini özi band qilişni davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştiriş çora tadbirlari töğririda”gi qarorida özini özi band qilgan şaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy şaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilab berilgan.
Mazkur qarorda özini özi band qiladigan şaxslar uçun xizmat va faoliyat turlarining 68 tasi körsatilgan bölib, şulardan biri − Fermer xöjaliklari egalari buyurtmasi böyiça qişloq xöjaligi işlarini yölga qöyiş xizmat turi hisoblanadi.
Şu maqsadda, Qangli ovulida yaşovçi Xursandbek Turğanbayev, Ozoda Matrizayeva, Feruza Jabbarova, Gulnora Qöçqorova, şuningdek, Qum yop mahallasida yaşovçi Sayyora Rajapova, Sarvar Matçanov, Davronbek Xolmuratovlar özini-özi band qilib, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişmoqda.
Fuqarolar qarorda körsatilgan tartibda röyxatdan ötkazilib, ularga guvohnomalar rasmiylaştirilib berildi. Qolaversa öz iş faoliyatini endigina boşlayotgan uşbu fuqarolarga huquqiy tuşuntiriş va maslahatlar berilib, fermerlar tomonidan doimiy ravişda yöl-yöriqlar körsatib turilişi maʼlum qilindi.
Şu örinda aytib ötiş joizki, Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili deb nomlangan mazkur yilda mahallalarda iş boşlagan hokim yordamçilari va yoşlar yetakçilari sektor rahbarlari bilan hamkorlikda öz mahallasi hududidagi aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş borasida tizimli işlarni boşlab yuborişgan.
Sektor rahbarlari va hokim yordamçilari xonadonma-xonadon yurib, odamlar bilan muloqotda bölib fuqarolarning öz dardi, muammosi, taklif va taşabbusini qöllab-quvvatlayotganligi alohida diqqatga sazovordir. Eng muhimi, tumanimiz aholisining hayotini yaxşilaş, farovonligini oşirişga doir amaliy saʼy-harakatlar tufayli islohotlar samarasi xalqimiz hayotida yaqqol namoyon bölmoqda.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶