24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:08
Jamiyat 👁 232

Afgʻon urushi ishtirokchisi xonadonida

Afgʻon urushi ishtirokchisi xonadonida

Oʻtgan asrning oxirlarida Afgʻonistonda 20-yildan ortiq vaqt davom etgan oʻzaro ichki urush-nizolarda sobiq ittifoq tarkibida boʻlgan Oʻzbekistonimizdan ham minlab yosh yigitlar ogʻir sharoitlarda urushga kirishgan.

Afgʻon urushida ishtirok etib, urush asoratlari azoblarini tortib yashayotgan amudaryolik yigitlar ham koʻpchilikni tashkil qiladi. Ular oʻzaro tez-tez uchrashib, bir-biridan xabar olib turishadi, yaxshi kunlarda bir-birini yoʻqlab, dorilomon kunlarda yashayotganidan birga quvonishadi.

Yaqinda tumanning Qilichboy ovulida yashovchi Hamro Safarboyevning xonadoni ham doʻstlar diydoridan nurafshon boʻldi. Sobiq afgʻonchi jangchilar - Mangʻit shahrining Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi Ozod Xoʻjaniyozov, Bogʻ mahallasida yashovchi Qadam Erimbetovlar, qilichboylik Qoʻziboy Davletov, Ozod Esonov, Oʻzbekiston Veteran, faxriy jangchilar va nogironlari birlashmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozovlar tashrifidan Hamro Safarboyevning koʻngli togʻday yuksaldi.

Qadrdonlar toʻkin dasturxon atrofida ishlari, oilasi haqida, mashʼum afgʻon urushi xotiralari haqida suhbatlashdilar. Urushda birga ishtirok etgan quroldoshlari, yurtimizga qaytgach, urush asoratlari tufaydi bemavrid hayotdan koʻz yumgan doʻstlarini esga oldilar. Sobiq askarlar bugungiday osuda, tinch hayotda yashayotganiga shukronalar aytdilar.

Mehr-oqibat, doʻst-birodarlik rishtalari mustahkam bogʻlangan qadrdonlar diydori har biriga olam-olam quvonch baxsh etdi. Bu bejiz emas. Ularning afgʻon tuprogʻida inson aqli bovar qilishi qiyin boʻlgan qonli janglarda ishtirok etishi va eson-omon oʻz oilasi bagʻriga qaytishi har birini bugungiday tinch-osoyishta kunlarni qadrlashga chorlaydi.

Hamro Saparboyev taqdir ana shunday ogʻir sinovlarga duchor etganlarning biri. Oilada  uch oʻgʻil, ikki qizni voyaga yetkazganidan oʻzini juda baxtiyor sanaydigan otasi Ortiqboy Safarboyev Toshkentda aviatsiya bilim yurtida taʼlim olayotgan oʻgʻli Hamroning Toshkent shahar Hamza tuman Mudofaa boʻlimidan harbiy xizmatga chaqirilganida uning  boshiga bunday kunlar tushishini tasavvur ham qilmagandi.

Bir guruh oʻzbekistonlik yigitlar Termizda qisqa muddatli harbiy tayyogarlik mashqlarini oʻtaganlaridan soʻng 1980-yil 22-oktyabrda Samarqand aeroportidan Qobulga uchgan. Shundagina yigitlar afgʻon urushiga jalb etilganligini bilishgan.

Qobul aeroportida samolyotdan tushishgach, maydoncha chetiga saf tortgan yigitlar turli qismlarga saralab olingan.

Hamro Safarboyev oʻqchilar boʻlinmasida xizmat qildi va inson zoti chidashi qiyin boʻlgan ogʻir sharoitlarda urushda qatnashdi. Goh yerdan, goh osmondan samolyotlar orqali yogʻilayotgan oʻqlar, bombalardan necha-necha safdoshlari parchalanib ketdi, vafot etdi. Uning tolei kulgani shuki, harbiy xizmat muddatini eson-omon oʻtab, yurtimizga qaytdi. Kelib, Toshkentda oliygohda oʻqib, mutaxassislik egalladi, mexanik, yer tuzuvchi muhandis boʻlib uzoq yillar samarali mehnat qildi.

Hozirgi kunda oʻz mehnatlari bilan oʻz oila qoʻrgʻonini obod etib, umr yoʻldoshi, farzandlari, kelinlari, nevaralari ardogʻida yashayotgan sobiq afgʻonchi jangchi urush asoratlari sogʻligʻiga jiddiy shikast yetkazgan boʻlsa-da, hech nolimaydi. Qancha doʻstlarining murdasi temir tobutlarda qaytgan, qancha doʻstlarining hatto jonsiz tanasi ham qaytmagan oʻsha bemaqsad urushdan sogʻ-omon ota-onasi oldiga kelganidan, nasibasi yurtimizga qoʻshilganidan quvonadi, tinmay shukronalar aytadi.

Quroldosh doʻstlar davrasida ham bunday hayotiy xulosalar tez-tez tilga olinadi. Bir-biriga dalda berishadi, sogʻliq tilashadi, sogʻ-omonlikda diydorlashganidan xursand boʻlishadi. Yurtimizda afgʻon urushi ishtirokchilariga berilayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrliklardan mamnun boʻlishadi.

Ular bilan suhbatlashish  barchamizni ogohlikka, hushyorlikka daʼvat etadi. Tinch, osoyishta Vatanimizni koʻz qorachigʻiday asrashga chorlaydi. Chunki mustaqillik, tinchlik obod va farovon hayotimiz kafolatidir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026