TUMANDA TRANSPORT VOSITALARINING MAJBURIY TEXNIK KOʻRIGI BOShLANDI
Mamlakatimizda transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi boʻyicha samarali nazoratni tashkil etish, transport vositalari texnik holati va uskunalarining yoʻl harakati xavfsizligining texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash, transport vositalarining sonini, holatini, amalda mavjudligini va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha boshqa maʼlumotlarini aniqlashtirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish, yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish maqsadida transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tadbiri amalga oshiriladi.
Joriy yilning 22-yanvarida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tumanimizda ushbu muhim tadbirni oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qildi va bu boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining 2022-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvalini tasdiqladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq transport vositalaridan tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, oʻrindiqlari soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun moʻljallangan transport vositalari va ularning tirkamalari bir yilda ikki marta, ishlab chiqarilganiga olti yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta, ishlab chiqarilganiga 6-yildan koʻp boʻlgan yoki ishlab chiqarilgan vaqti aniq boʻlmagan transport vositalari bir yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari hamda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan Oʻzbekiston Respublshikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq oʻtkaziladi va tegishli yigʻim undiriladi.
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik subʼektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tumanimizda ushbu tadbirning sifatli va belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Dilshod AMINOV, tuman Ichki ishlar boʻlimi davlat yoʻl-harakati
xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi, katta leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶