BOBUR NOMLI OVULDA SEKTOR RAHBARI YoShLAR BILAN UChRAShDI
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda.
14-yanvar kuni 3-sektor hududidagi Bobur nomli ovulda joylashgan 86-sonli umumtaʼlim maktabida ham sektor rahbarining yoshlar bilan navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.
Sayyor qabulda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi 3-sektor rahbari Ulugʻbek Xudoyberganov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Muxtor Rahmatullayev hamda Xalq qabulxonasi tuman boʻlimi mudiri Erkin Rajabovlar va fuqarolar yigʻinlari raislari, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi masʼullari, hudud yoshlari va tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda yoshlarning taʼlim olishlari va oʻz qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Galdagi vazifa, ushbu yoshlar bilan birma-bir suhbatlashib ularni kasb-hunarga oʻrgatish, bandligini taʼminlash, biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va muammolarini hal etish borasidagi ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyishdir.
Uchrashuv avvalida, Yoshlar ishlari Agentligi tuman boʻlimi xodimi Sardor Islomov soʻzga chiqib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar daftari” tizimi joriy etilganligi, bu shu yoʻnalishdagi ishlarni toʻgʻri tashkil etishda bosh omil boʻlib xizmat qilayotganligini aytib oʻtdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda sektor hududida “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularga moddiy, psixologik, ijtimoiy yordam koʻrsatish borasida koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanib, ishga joylashtirilmoqda. Tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga kredit olishlarida amaliy yordam berilmoqda, uy-joy bilan bogʻliq masalalarda murojaat qilgan fuqarolarning ham muammolari bartaraf qilinmoqda.
Sayyor uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari tinglashga alohida eʼtibor qaratildi. Mahalla yoshlaridan Soxiba Ismoilova, Ozoda Bozorboyeva, Amangul Kamolova, Sanjar Matmurodov, Umida Yangiboyeva, Dilnora Madiyorova, Sarvinoz Hayitboyeva, Dilrabo Kamolova hamda Izzat Norimbetovlar tomonidan bandlikni taʼminlash, tikuv mashinasi olish, subsidiya ajratilishi, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, imtiyozli kredit olish kabi masalalarda amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar.
Qabulda muammolarga yechim topish choralari koʻrildi va masʼullar biriktirildi. Har bir murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Aytish joizki, oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishlariga qulay sharoitlar yaratib berishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularga amaliy yechim topishda hududlar boʻylab oʻtkazilayotgan bu kabi sayyor qabullarning ahamiyati kattadir. Shu oʻrinda xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning dardini tinglashda va ijobiy yechim topishda barcha vazirlik va idora-tashkilot masʼullarining oʻrni alohida ahamiyatga kasb etadi.
Farhod Abdurahimov, 3-sektor kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶