24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:27
Jamiyat 👁 331

AMUDARYoDA MILLIY ARMIYaMIZNING 30 YILLIGI KATTA TANTANA BILAN NIShONLANDI

AMUDARYoDA MILLIY ARMIYaMIZNING 30 YILLIGI KATTA TANTANA BILAN NIShONLANDI

(Mavzuga oid fotogalereya)

Vatan! Onamizday aziz, moʻʼtabar va munis mehr qoʻrgʻoni, otamizday  buyuk ehtiromga munosib makon. Kindik qonimiz toʻkilgan muqaddas goʻsha!

Xalqimiz bekorga “qon tortadi” yoki “qondoshlar oʻrtasida uzilmas rishta bor”, deb aytishmagan. Shuning uchun biz qayerda boʻlishimizdan qatʼiy nazar, onamiz bagʻriga intilgan kabi oʻzimiz tugʻilgan tuproqqa talpinib turamiz. Vatanni ona degan muqaddas soʻz bilan yonma-yon ishlatishimizda ham ajib bir hikmat bor. Chunki, inson dunyoga kelmasidan avval onasining vujudida ulgʻayadi, dunyoga kelgach esa Vatan bagʻrida, Vatanning cheksiz mehr-muhabbat taftida unib-oʻsadi. Shu bois, onani ardoqlash Vatanni, Vatanni himoya qilish onaning  hurmatini joyiga qoʻyish, tinchlik-xotirjamligini taʼminlashdir.

Donishmand xalqimiz zakosi tufayli yaratilgan “Tugʻilgan yerdan koʻngil uzilmas, yurt qoʻriganning yurti buzilmas”, degan purmaʼno maqolda ham ona bilan Vatanni asrab-avaylashga goʻzal ishora bor.

Xalqimizning mard va jasur, ona Vatanni sevib-ardoqlaydigan sadoqatli himoyachilari, Alpomish oʻgʻlonlari bor ekan, mustaqil mamlakatimiz gullab-yashnayveradi, onajonlar xotirjam, ona Yurt koʻksida har tong allalar yangrayveradi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tuman Madaniyat markazi binosida tashkil etilgan teatrlashtirilgan tantanali tadbirning har bir lahzasida ana shunday goʻzal tuygʻular jarang sochdi. Vatanga sadoqat, mehr-muhabbat, Mustaqillik gʻoyalariga yuksak ehtirom tuygʻulari aks-sado berib, ona Yurt himoyachilari sharaflandi. Vatan xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlayotgan Vatan posbonlarining mardligi va jasoratini madh etuvchi vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar yangradi. Yangilangan mustahkam Milliy Armiyamiz kuch qudratini ifoda  etuvchi adabiy kompozitsiyalar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Bayram tantanasi oʻtkaziladigan  tuman Madaniyat markazi foyesida, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining tumanimizdagi harbiy qismlari tomonidan zamonaviy qurol-aslahalar kshrgazmasi tashkil etildi. Gullar va turfa yoritgichlar fonida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bayroqlari hilpirab turgan foyeda mehmonlarni 9- va 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktablarining sanʼatsevar oʻquvchilari Vatanni madh etuvchi harbiy marsh sadolari bilan kutib oldilar. Kontsert zali toʻridagi katta monitorda “Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining 30 yillik bayrami muborak boʻlsin!” shiori Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari bayroqlari fonida bayram tantanasiga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Qalblarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlovchi chorlov va Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari madhiyalari yangradi.

Tantanali bayram tadbiriga tashrif buyurgan tumanimiz hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarning zobitlari, muddatli harbiy xizmat burchini ado etayotgan askarlari va Milliy Armiyamizning faxriy hamda zahiradagi zobit va askarlariga Amudaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Mahmud Shermetov oʻzining samimiy tilaklarini izhor etib bayram tadbirini ochib berdi.

Shundan soʻng Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tarkibidagi harbiy qism harbiy xizmatchisi Zuhriddin Turapov, harbiy xizmatchi Otabek Mahmudovlar soʻzga chiqishib, oʻz tabrik nutqlarida Mustaqillik yillarida yurtimizda davom etayotgan moddiy va maʼnaviy taraqqiyot asosida tinchlikni saqlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish borasida ulkan natijalarga erishilgani va bu taraqqiyotning birdan-bir omili, Vatandagi barqaror tinchlik tufayli ekanligini taʼkidlab, tinchlik himoyachilari, ona Vatan opsbonlarining beqiyos katta xizmati, matonat va jasoratini alohida eʼtirof etishdi.

Bayram tadbirining rasmiy tantanali qismidan soʻng sahnadagi monitorda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining faoliyati, zobit va askarlarning yurtimiz sarhadlarini qoʻriqlash jarayonidagi jasorat va qahramonliklari aks ettirilib, tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan katta kontsert dasturi namoyish etildi. Sanʼatkorlarning har bir chiqishidan oldin tinchlik, osoyishtalik posbonlari – Vatan himoyachilarini sharaflovchi sheʼrlar oʻqildi. Dilrabo kuy-qoʻshiqlar yangrab, jozibali raqslar ijro etildi.

Tantanali bayram tadbiri davomida tuman Mudofaa ishlari boʻlimiga hamda tumanimiz hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarida xizmat burchini oʻtayotgan Milliy Armiya zobitlari, muddatli harbiy xizmat burchlarini ado etayotgan namunali askarlarga Amudaryo tumani hokimining tashakkurnomalari taqdim etilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Biri-biridan jozibali kuy-qoʻshiqlar yangrab, tumanimiz hududidagi harbiy qismlarda oʻz xizmat burchini oʻtayotgan harbiylar ham raqsga tushib, bayramni xushnudlik bilan nishonladilar. Zero, ana shu Alpomish oʻgʻlonlar bor ekan:

Otaning koʻngli toʻq, yashar xotirjam,

Beshiklarin quchgan onalar xurram.

Vatan, har kuningda tantana, bayram –

Qudratli Armiyang – QALQON bor uchun!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026