24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:49
Jamiyat 👁 144

YoShLAR IShTIROKIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

YoShLAR IShTIROKIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.

Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda. Shu maʼnoda aytish mumkinki, 8-yanvar kuni Amudaryo tumanining Xitoy ovulida joylashgan 85-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan yoshlar ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul ham yoshlarning mushkulini oson qilish, ularni qiynayotgan muammolarning yechimini topishda muhim vosita boʻlishi aniq.

Sayyor qabulda tuman Xalq qabulxonasi vakillari, Ichki ishlar organlari xodimlari, mahalla raislari, sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi xodimlari, mahalla yoshlari va tegishli tashkilot masʼullari  ishtirok etishdi.

Bugungi kunda yoshlarning taʼlim olishlari va oʻz qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Galdagi vazifa, ushbu yoshlar bilan birma-bir suhbatlashib ularni kasb-hunarga oʻrgatish, bandligini taʼminlash, biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va muammolarini hal etish borasidagi ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyishdir.

Uchrashuv avvalida, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi xodimi Sardor Islomov soʻzga chiqib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ayniqsa, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar daftari” tizimi joriy etilganligi bu boradagi ishlarni toʻgʻri tashkil etishda bosh omil boʻlib xizmat qilayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng, yoshlarning murojaatlari tinglandi. Mahalla yoshlaridan, Xushnud Mambetov ishsizlik masalasi boʻyicha murojaat qilgan boʻlsa, Xosiyat Bobojanova tikuv mashinasi olishda subsidiya ajratilishida amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Ogʻabek Jumaniyazov esa tadbirkorlik qilish istagi borligini bildirib, imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻradi.

Qabulda har bir muammoga yechim topish choralari koʻrildi va masʼullar biriktirildi. Tegishli idoralar rahbarlarining muayyan topshiriqni bajarishga oid vaʼdalari olindi.

Aytish joizki, oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishlariga qulay sharoitlar yaratib berishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Shundan soʻng, sektor rahbarlari va Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi urinbosarlari mayor, Baxtiyor Oʻrazov va mayor Muhtor Raxmatullayev hamda Xalq kabulxonasi Amudaryo tumani bulimi mudiri Erkin Rajabovlar tomonidan 3-sektor hududidagi “Temir daftar”ga kiritilgan “Namuna”, “Kuyuk koʻpir”, “Xitoy” ovullarida  yashovchi 3 nafar fuqarolarga yogʻ, un, tuxum hamda shirinliklardan iborat jami 1,2 mln. soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berildi.  

Bugungi kunda Amudaryo tumani boʻylab “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularga moddiy, psixologik, ijtimoiy yordam koʻrsatish borasida koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanib, ishga joylashtirilmoqda. Tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga kredit olishlarida amaliy yordam berilmoqda, uy-joy bilan bogʻliq masalalarda murojaat qilgan fuqarolarning muammolari ham imkon qadar bartaraf qilinayotir.

 Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularga amaliy yechim topishda hududlar boʻylab oʻtkazilayotgan bu kabi sayyor qabullarning ahamiyati katta. 

F.Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026