2021-yil sarhisobi: Xalq taʼlimi
Joriy yil davomida tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 52 ta maktab va maktab filiallarida rekonstruktsiya, mukammal va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Investitsiya dasturi asosida 35-sonli maktabda kapital rekonstruktsiya ishlari, “Obod qishloq” dasturi boʻyicha 4 ta maktab va 1 ta filial binolarida qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi.
Joriy yilda maktablarga ulangan Internet xizmati ziyo.net tarifidan tezligi ancha yuqori va koʻproq resursga ega boʻlgan Education tarif rejasiga oʻtkazildi. Oʻtgan 12 oy davomida 22 ta maktab Education tarifli Internet tarmogʻiga ulandi. Hozirda 85 ta maktabdan 78 tasi optik tolali kabellar orqali, 7 tasi releyka orqali internet tarmogʻiga ulangan boʻlib, barchasi yuqori tezlikdagi Internet bilan taʼminlangan. 9 ta umumtaʼlim maktabida “Elektron kundalik” va “Elektron jurnal” tizimi joriy qilingan boʻlib, bugungi kunda kundalik va jurnallar elektron tarzda yuritilib kelinmoqda.
Bundan tashqari, 9-, 10-, 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan asosiy fanlar olimpiadasining 2-bosqichida 2045 nafar oʻquvchi ishtirok qilib, 144 nafar oʻquvchi fanlar olimpiadasining 3-bosqichida ishtirok etishdi. Fanlar olimpiadasining aniq va tabiiy fanlar boʻyicha yoʻnalishida tuman jamoasidan kimyo fanidan 59-maktab oʻquvchisi S.Umarov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 36-maktabning 9-sinf oʻquvchisi S.Najimiddinova faxrli 3-oʻrinni egallab, olimpiadaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Oʻzbek tilim – iftixorim” mavzusidagi insholar tanlovida 87-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi G.Yoʻldasheva gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Qoraqalpogʻiston Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Yangi 2022-2023 oʻquv yilida tuman XTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya sifati yanada oshirilib, soha zamon talablari darajasida rivojlantiriladi.
Zero, ilm va yanada yuksak ilm bilangina kelajak orzulari amalga oshadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶