TOMORQA YeRLARDAN FOYDALANIŞ BÖYIÇA SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Yurtimizda kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, tomorqadan unumli foydalaniş uçun keng imkoniyatlar yaratilgan. Aholi tomorqasidan samarali foydalanişga qaratilgan eʼtibor sabab, nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriş hajmi ortmoqda, balki oilalarning turmuş farovonligi, daromadi ham yuksalmoqda. Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalaniş, fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oşiriş, huquqlarini himoya qiliş, qulay imkoniyatlar yaratiş böyiça qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
2021-yilning 30-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida tomorqa yerlardan foydalanişda samaradorlikni yanada oşiriş mavzusida seminar taşkil etildi. Seminarni Özbekiston fermer, dehqon xöjaligi va tomorqa yer egalari Kengaşi xodimlari Bahodir Xaqnazarov, Zafar Fayzullayev, Elmurod Bozorov va boşqalar olib bordi va hozirgi kunda soha böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar xususida maʼlumot berdi. Şuningdek seminarda, Amudaryo tumanidagi fermer xöjaliklari raislari, tegişli taşkilot vakillari hamda tomorqa yer egalari iştirok etişdi.
Seminarda maʼlum qilinişiça, Amudaryo tumanida 39 406 nafar tomorqa yer egalari ixtiyorida 6 ming 652 gektar ekin yeri mavjud bölib, hududiy dasturga asosan aholi tomorqalariga ekilişi belgilangan 1484 gektar “töqsonbosti” ekinlarini töliq ekilib, 1632 gektar tomorqa yerlariga uşbu ekinlar ekilgan. Şuningdek, Amudaryo tumanidagi “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida Tölqin, Oq oltin, Xizr eli, Qipçoq, Qangli ovullaridagi 1247 ta xonadonlarning jami 7,8 gektar tomorqa yerlari şudgorlanib, 450 kg piyoz, 30 kg sabzi, 20 kg karam uruğlari va mevali daraxt köçatlari yetkazib berilgan. Bundan taşqari, yil davomida tumandagi barça xududlarida “Yaşil makon” aktsiyasi doirasida uzum, mevali va manzarali daraxt köçatlari ekiş yuzasidan samarali işlar amalga oşirilib, aholi tomorqalariga 406,1 ming dona turli xildagi mevali daraxt köçatlari ekilgan.
Seminarda qayd etilişiça, kam taʼminlangan va boquvçisini yöqotgan oilalarga ilğor fermerlar biriktirilib, ularga tomorqa yerlariga işlov beriş, ekin ekiş va parvarişlaş böyiça yordam berildi va bu işlar tizimli ravişda davom ettiriladi. Bu jarayonlarning barçasi deputatlar tomonidan nazorat qilib borilişi belgilangan.
Şuningdek seminarda, yiliga kamida 3-marta hosil olişni yölga qöyib, tomorqalaridan 45-50 mln sömgaça daromad olayotgan amudaryolik faol dehqonlarning tajribalari keng tarğib qiliş lozimligi taʼkidlandi.
Darhaqiqat, bugungi kunda odamlarning yerga bölgan munosabati tubdan özgarib, tomorqadan samarali foydalaniş madaniyati yuksalmoqda. Tomorqa yerlardan samarali foydalaniş orqali nafaqat aholi bandligi taʼminlanadi, balki tomorqalarda yetiştirilgan oziq-ovqat mahsulotlari içki va taşqi bozorni töldirib, dasturxonlarimiz tökinligiga, narx-navo barqarorligiga hissa bölib qöşiladi. Şu sababli ham tomorqadan unumli foydalaniş keng tarğib qilinmoqda.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶