20-sonli maktabda ijtimoiy fanlar oyligi yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
Amudaryo tumanidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari va oʻqituvchilar jamoasi uchun dekabr biri-biridan qiziqarli taassurotlar bilan yakunlanmoqda. Maktabda dekabr – ijtimoiy fanlar oyligi doirasida “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” mavzusida ijtimoiy fanlar uslubbirlashmasi aʼzolari tomonidan tarix fanidan namunali ochiq darslar, zakovat bellashuvlari, sinflararo va guruhlararo bilimdonlar bahslari, maktab amaliyotchi psixologi tomonidan “Kasblar haftaligi” tadbirlari oʻtkazildi. Shuningdek “Siz qonunni bilasizmi?”, “Madhiyamiz - faxrimiz” mavzularida kengaytirilgan savol-javob kechalari, davra suhbatlari, adabiy-musiqiy tadbirlarda maktabning quyi sinflari hamda yuqori sinflar oʻquvchilarining faol ishtiroki taʼminlandi. Oylikning soʻnggi haftasida barcha tadbirlar umumlashtirildi va yakuniy tadbirda oʻquvchilar fan oyligi davomida olgan bilim va koʻnikmalarini amalda namoyon etishlari uchun sharoit yaratildi.
Tadbir oʻtkaziladigan maktab foyesi buyuk ajdodlarimizning portretlari, jahon ilm-faniga qoʻshgan beqiyos ulkan hissalari haqida hikoya qiluvchi suratlar, aʼbomlar, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmali vositalar, ijtimoiy fanlar oyligi aks ettirilgan devoriy gazetalar bilan bezatildi.
Tadbirni maktab direktori kirish soʻzi bilan ochdi va dunyo ilm-faniga, tarix, matematika, tibbiyot, huquqshunoslik, jugʻrofiya kabi fanlarning rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlar, shuningdek haqiqiy islom dini taraqqiyotini taʼminlagan, hamon musulmon olamining shon-sharaf choʻqqisida turgan imom Buxoriy, At-Termiziy buyuk sarkardalar, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, afsonaviy Toʻmaris, Shiroq, Alpomishlarning buyuk maʼnaviy merosi haqida soʻz yuritdi.
Shundan soʻng, tadbirning asosiy qismi boshlandi. Unda oʻquvchi-yoshlar fan oyligi davomida oʻzlari olgan bilimlari boʻyicha viktorina savollariga javob berdilar. 8-9-sinflar oʻquvchilari oʻzlari tayyorlagan bukletlar va Oʻzbekiston davlatchilik tarixiga oid chizgan suratlari, buyuk ajdodlarimiz – Abu Ali Ibn Sino, Imom Al-Buxoriy, Jalollidin Manguberdi, Temur Malik Amir Temur, Al Xorazmiy, Al Beruniy, At-Termiziy kabi tarixiy siymolarning bunyodkorlik ishlari, buyuk kashfiyotlari, dunyo ilm-fani va siyosatiga qoʻshgan hissalari, ayniqsa, yengilmas sarkarda, yirik davlat arbobi Amir Temurning davlatchilik tarixi, sarkardilik qobiliyati va shon-shuhrati xususida maʼruzalar qildilar. Shu bilan birga oylik davomida olgan bilimlari boʻyicha oʻquvchi oʻquvchining xotirasini sinovdan oʻtkazishlari uchun imkoniyat yaratildi va oʻquvchilar bir-birlariga savollar berishlari asnosida oʻtilgan davrs-mashgʻulotlar saviyasiga baho berildi.
Maktabda oʻtkazilgan mazkur tadbir oʻquvchilar qalbida xalqimizning buyuk tarixiga hurmat, milliy-maʼnaviy hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat tuygʻusini yanada mustahkamladi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶