“Assalom, Yangi yil!”
Yangi yil bayrami tantanalari har bir bolakay orziqib kutadigan quvonchli kun. Ayniqsa maktabgacha taʼlim muassasalari guruhlarida oʻtkaziladigan yorqin taassurotlarga boy, zavqli tomoshalar bolajonlarga juda manzur boʻladi. Birgalikda ijro etilgan raqs, kuy, qoʻshiqlar, sheʼrlar bayramga oʻzgacha maʼno-mazmun baxsh etadi, bolajonlarning iqtidorini namoyon etadi.


Yaqinda Toshyop ovulining Taqir qalʼa aholi punktida joylashgan “Yuduzcha-Mangʻit” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya olayotgan bolajonlar uchun ham unutilmas kun boʻlib qoldi: shu kuni muassasaning 75 nafar bolajonlari uchun oʻz guruhlarida “Assalom, yangi yil” deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda bolajonlar tarbiyachi opalari va musiqa toʻgaragi rahbari koʻmagida oʻrgangan sheʼrlarini ifodali aytdilar, birgalikda qoʻl ushlashib qoʻshiqlar, raqslar ijro etdilar. Ayniqsa bolajonlarga Qorbobo va Qorqiz tashrifi, ular bilan suhbat, oʻyin-kulgular olam-olam zavq bagʻishladi.



Shahnoza KAMOLOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶