65-SONLI MAKTABDA ERKIN VOHIDOV XOTIRASIGA BAGʻIShLAB OChIQ DARS TAShKIL ETILDI
Erkin Vohidov oʻzbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri edi. U chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga koʻtarilgan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramonidir. Shu bois umumtaʼlim maktablarida shoirning ijodi va hayoti chuqur oʻrganilib kelinmoqda.
22-dekabr kuni 65-sonli maktabning 6-sinfida adabiyot fanidan oʻzbek xalqining ardoqli shoiri Erkin Vohidovning hayoti va ijodi boʻyicha bir soatlik ochiq dars tashkil etildi. Mashgʻulot davomida oʻquvchilarga atoqli shoir va adibning sermazmun, badiiy yuksak sheʼr va dostonlari, dramatik asarlarida ona-yurtimiz va xalqimizga, milliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat tuygʻusini katta mahorat bilan tarannum etgani, betakror ijodi milliy ruhi va xalqchilligi, hayotiyligi bilan adabiyotimiz xazinasidan munosib oʻrin egallagani xususida keng maʼlumotlar berildi. Darsning mustahkamlash qismida oʻquvchilar adib hayoti va ijodi toʻgʻrisida berilgan savollarga guruhlarga boʻlingan holda javob berdilar. Shuningdek, oʻquvchilar shoirning sheʼrlarini, dostonlaridan parchalarni ifodali yod aytib berdilar.
Ochiq darsni maktabning ona tili va adabiyoti metod birlashma raisi B.Tluboyeva, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Nasirillayev va shu maktab oʻqituvchisi A.Erboyevalar kuzatib bordilar.
Qiziqarli oʻtgan dars barchaga manzur boʻldi.
Anora Qozoqova, 65-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶