22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:51
Fan va taʼlim 👁 244

“KASBLAR – KELAJAK KAFOLATI” ShIORI OSTIDA SAYoHAT TAShKIL ETILDI

“KASBLAR – KELAJAK KAFOLATI” ShIORI OSTIDA  SAYoHAT TAShKIL ETILDI

Umumtaʼlim maktablarida dekabr – ijtimoiy fanlar oyligi doirasida maktab amaliyotchi-psixologlari tomonidan “Kasblar festivali”, “Kasblar – kelajak kafolati”, “Kasbim - faxrim” mavzularida davra suhbatlari, koʻrgazmali oʻquv-seminarlari, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri 42-sonli maktabda ham oʻtkazildi. Ijtimoiy fanlar oyligi doirasidagi “Kasblar – kelajak kafolati” mavzusida oʻtkazilgan psixologik suhbatda oʻquvchi-yoshlar qiziqishlari, orzu-intilishlari, oʻzlari tanlagan kasblarni egallash xususidagi rejalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Psixologik davra suhbatidan soʻng, maktabning 10-11-sinf oʻquvchilari uchun Amudaryo muhandislik texnikumiga va “Tamara tekstil” MChJ korxonasiga sayohat uyushtirildi.

Maktabning amaliyotchi-psixologi Aziza Qodirberganova rahbarligida tashkil etilgan mazkur sayohat orqali oʻquvchi-yoshlar kelajakda oʻzlari egallamoqchi boʻlgan kasblar boʻyicha zarur maʼlumotlarga ega boʻldilar. Ayniqsa, Amudaryo muhandislik texnikumida talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart sharoitlar, yotoqxona majmuasi, oʻquv auditoriyalari, kutubxona, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uchun moʻljallangan zal hamda laboratoriya-amaliy mashgʻulotlar xonalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, texnikumda 2021-2022-yil uchun belgilangan qabul kvotalari, kasb yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Shundan soʻng, oʻquvchi-yoshlar “Tamara tekstil” MChJga ham borib, korxona rahbari Tamara Yusupova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, korxona chevarlari tayyorlagan zamonaviy kiyim-boshlar, korxonada eksportga yoʻnaltirilayotgan tayyor mahsulotlar taxlamlari bilan ham tanishdilar.

Korxona rahbari Tamara Yusupova oʻquvchi-yoshlarga tadbirkorlik sohasining oʻziga xos sir-sinoatlari, xalqimizga foydasi xususida soʻzlab berdi. Sayohat davomida oʻquvchi-yoshlar tadbirkorlik sohasiga oid, shuningdek liboslar dizayni boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Mazkur sayohat oʻquvchi-yoshlarning oʻz hayot yoʻlini toʻgʻri belgilash, oʻzi uchun manzur kasbni tanlashlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA,
42-sonli umumtaʼlim maktabi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026