BU YeRDA ILMLI,IQTIDORLI OʻQUVChILAR KAMOLGA YeTMOQDA
Tumanimizdagi yashil toifadagi maktab maqomiga ega umumiy oʻrta taʼlim muassasalardan biri - bizning 26-sonli maktabimizda oʻquvchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirishlariga, zamonviy bilimlarni chuqur oʻrgatishga qaratilayotgan saʼy-harakatlar oʻzining ijobiy samaralarini berayapti.Buni oʻquvchilarimiz erishayotgan yutuqlar misolida ham koʻrishimiz mumkin.
Ustozlari sabogʻini, tarbiyasini qunt bilan egallayotgan oʻquvchilarimizning 5 nafari joriy yilda fanlar olimpiadasining tuman bosqichida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.Bular Javlon Saʼdullayev, Faxriddin Masharipov, Javohir Rajjabboyev,Xursand Saidov,Sohiba Toʻraboyevalardir.Ularga fan asoslarini oʻrgatishdagi fidoyiligi uchun ustozlari – maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Nodira Kengashboyeva,biologiya fani oʻqituvchisi Dilfuza Xidirova,fizika fani oʻqituvchisi Hamidjon Bozorboyev, ingliz tili fani oʻqituvchisi Muhabbat Bobojonovalar yaqinda tuman hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.
Maktabning 10-sinf oʻquvchisi Nurshoda Saʼdullayeva “Mening Prezidentim” nomli insholar tanlovining tuman bosqichi gʻolibi boʻldi. Yaqinda Xoʻjayli shahrida “Mening huquq va majburiyatlarim” mavzusida oʻtkazilgan koʻrik- tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublika bosqichidamaktabimiz oʻquvchilari faxrli uchinchi oʻrinni egallab qaytishdi.
Oʻquvchilarimizning fan olimpiadasidagi, koʻrik tanlovlardagi erishayotgan muvaffaqiyatlari tufayli maktabimiz tuman maktablari reytingida 4-oʻrinni egallab turibdi.
Oʻqituvchilar jamoasi oʻtgan oʻquv yilida maktab bitiruvchilarining 41 foizi mamlakatimizdagi turli oliygohlarga oʻqishga kirishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa, joriy oʻquv yilida bu koʻrsatkichni oshirish maqsadida sidqidildan mehnat qilishayapti.
Muyassar KENJAYeVA, shu maktabning ijodiy-madaniy ishlar targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶