ChEKIShGA QARShI KURAShIShGA BAGʻIShLANGAN RASMLAR TANLOVI OʻTKAZILDI
Tuman Tibbiyot birlashmasining ASTTQQ va JFO boʻlimi shifokorlari tomonidan tamaki mahsulotlarining inson organizmiga zararini tushuntirish maqsadida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
15-dekabr kuni 16- va 30-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boʻlib oʻtgan tanlovda yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda qatnashgan oʻquvchilar salomatlik bu faqatgina bir insonning emas, balki butun jamiyatning boyligi ekanligini, zararli odatlar deganda tamaki va nos chekish, alkogolli ichimliklarni meʼyoridan oshirib, muttasil isteʼmol qilish, giyohvandlikka berilish kabilarni tushunilishi, chekish bevaqt kasallikka olib keladigan zararli odatligini oʻzlari chizgan rasmlarda aks ettirishdi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari “Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish”, “Yoshlar zararli odatlargi qarshi”, “Tamaki chekishni tashlash vaqti keldi” mavzularida bukletlar tarqatishdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchilar Tibbiyot birlashmasining diplomi bilan taqdirlandi.
J.Yavkashev, TTB shifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶