3 gektar maydonga 6 ming tupdan ziyod tut köçatlari ötqazildi
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi asosida Amudaryo tumanidagi korxona va taşkilotlar öquv muassasalari rahbarlari hamda mehnat jamoalari, jamoatçilik faollari saʼy- harakatlari bilan yangi-yangi köçatzorlar paydo bölmoqda. Ariq va yöllar böylarida yuzlab manzarali va mevali daraxt nihollari qatorlari saf tortib, atrof-muhit tobora obodonlaşib bormoqda.
Yaqinda Özbekiston Respublikasi Ekologiya partiyasi raisi Narzulla Oblomurodov hamda Özbekiston Respublikasi Ekologiya partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Oysanam Begimovalar tumanimizga taşrif buyurib, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdilar. Şu bilan birga, mehmonlar Manğit şahrining sölim göşalaridan biri – Olmazor mahallasi hududida barpo etilayotgan deputatlar boğini borib kördilar hamda deputatlar boğiga köçat ekdilar.
Amudaryo tumanining ovul va mahallalarida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi asosida amalga oşirilayotgan işlar izçillik bilan davom ettirilmoqda. Xususan, tumanning Bobur nomli ovul fuqarolar yiğini hududidagi 760-konturdan 3 gektar yer ajratilib, yoşlar agentligi tuman bölimi xodimlari iştirokida uşbu yerga 6 ming tupdan ziyod tut köçatlari ötqazilib, yangi tutzor barpo etildi. Yangi tutzorni barpo etiş jarayonida “Qoraqalpoq Agropilla” masʼuliyati çeklangan jamiyati boş agronomi Rohatoy Örozimbetova ham iştirok etib, tut köçatlarini ötqaziş böyiça amal qilinadigan agrotexnik tadbirlar yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.
Joriy 2021-yil kuz mavsumida Amudaryo tumanidagi pillaçilik tarmoğiga ega fermer xöjaliklari hududidagi avvaldan mavjud bölgan tutzorlar mutaxassislar tomonidan puxta örganilib, mazkur tutzorlardagi kasallangan va qurigan tut daraxtlari olib taşlandi. Ularning örniga hamda fermer xöjaliklari hududlaridagi ariqlar böyiga dalalar çetlariga ekiş uçun “Jayxun Silk” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan Amudaryo tumani iqlim şaroitiga mos va serhosil, tez yetiluvçi tut köçatlari ötqazildi.
Umuman olganda, Amudaryo tumanida pillaçilik sohasini yanada rivojlantiriş, mavjud tutzorlarda kuzgi-qişgi agrotexnik tadbirlarni samarali taşkil etişga qaratilgan mavsumiy işlar davom ettirilmoqda. 2021-yil kuz mavsumida 710 ming tup yangidan tut köçatlari ekiş rejalaştirilib, şu asosda amaliy işlar olib borildi. Pillaçilik tarmoğiga ega fermer xöjaliklari hududlarida “Har qariç yerda yangi nihol undiramiz”, “Yurtimizni yaşil makonga aylantiramiz!” şiori ostida 411 ming tupdan ziyod tut nihollari sifatli qilib ekildi. Bundan taşqari, har bir ekilgan tut niholining tuproqqa ildiz qöyib, unib-ösib ketişi uçun masʼul işçilar biriktirilib, kuz mavsumi davomida yangidan barpo etilgan tutzorlarda öz vaqtida agrotexnik tadbirlar amalga oşirildi. Tutçilik böyiça mutaxassislar tavsiyalari asosida yangidan ekilgan köçatlarning ildizlari qişda zararlanmasligi uçun köçatlar ötqazilgan çuqurlar tuproği yaxşilab ziçlandi.
Ayni kunlarda ham yer yuzasi muzlamasidan avval tutzorlardagi qurigan tut daraxtlari kovlab olinib, örniga yangi nihollar ötqaziş işlari amalga oşirilmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶