SAYYoR SUDDA YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZGAN HUQUQBUZARLARGA JAZO TAYINLANDI
Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud oʻtkazildi.
6-dekabr kuni tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi maʼmuriy binosida boʻlib oʻtgan ochiq sayyor sud majlisida boʻlinma tomonidan kelib tushgan oʻn besh fuqaroga nisbatan toʻplangan maʼmuriy ish hujjatlari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasiga koʻra haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarsa transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirsa transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi koʻrsatilgan.
Shunga koʻra sud majlisida 3 nafar fuqaroga maʼmuriy qamoq jazosi, qolgan huquqbuzarlarga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish, jarima jazolari qoʻllanildi. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari va boshqa talablarini buzganlik boʻyicha toʻplangan ish materiallari asosida huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrildi.
J.Oʻrazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶