Elektr energiyasidan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlarining oldi olinmoqda
Prezidentimizning 2018-yildagi “Elektr energetikasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga köra yurtimizda aholi xonadonlariga ASKUE, yaʼni elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga mos keluvçi yangi elektr hisoblagiçlar örnatiş işlari yölga qöyilgan bölib, mazkur jarayonlar hozirgi kunda ham jadal surʼatlarda davom etmoqda. Ayni paytda uşbu yangi tizim isteʼmolçi va taʼminotçi örtasidagi şaffoflikni taʼminlaş, yetkazib berilgan elektr energiyasi uçun hisob-kitoblarga aniqlik kiritiş va isteʼmolçilar foydalangan elektr energiyasi uçun tölov intizomini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Hududlardagi kabi Amudaryo tumanida ham aholi xonadonlariga ASKUE tizimiga mos keluvçi “aqlli” elektr hisoblagiçlarni örnatiş işlari amalga oşirildi. Tuman Elektr taʼminoti korxonasi tomonidan yuqori kuçlanişdagi 8 dona podstantsiya hamda past kuçlanişdagi 577 dona transformator punktlari orqali jami 39012 nafar isteʼmolçilar, şundan 1750 nafar ulgurji isteʼmolçilar hamda 37262 nafar maişiy isteʼmolçilar elektr energiyasi bilan taʼminlanib kelinmoqda.
Hozirgi kunda “aqlli” elektr hisoblagiçlar örnatilgan xonadonlardagi elektr taʼminoti hisob-kitoblariga aniqlik kiritiş, nazorat qiliş maqsadida tuman Elektr tarmoqlari korxonasida “Kiçik data markaz” taşkil qilingan bölib, isteʼmolçilarning xonadoniga bormasdan kunlik hamda oylik isteʼmolni aniqlaş imkoniyati yaratildi. Uşbu “Kiçik data markaz” ASKUE tizimining barqaror işlaşiga xizmat qilmoqda. Tizimga ulangan isteʼmolçilar bilan hisob-kitoblar avtomatik ravişda amalga oşirilmoqda va hisoblagiçlar böyiça maʼlumot olinib, nazorat qilinmoqda. Foydalangan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud isteʼmolçilar avtomatik tarzda elektr tarmoğidan ajratilib, qarzdorligini tölagandan keyin qayta ulanib borilmoqda.
Uşbu tizim amaliyotga joriy etilgandan söng, isteʼmolçi va taʼminotçi örtasida şaffoflik taʼminlandi. Qarzdor isteʼmolçilarning avtomatik tarzda tarmoqdan uzilişi, elektr haqi tölangandan keyin qayta ulanişi jarayonlarida inson omili kamayişi har tomonlama qulayliklar yaratmoqda. Buning natijasida tarmoqqa noqonuniy ulanişlar, şuningdek, korruptsiya holatlarining oldi olinişi taʼminlanmoqda.
Lekin hududlarda ayrim isteʼmolçilar qarzdorlik sababli tarmoqdan ajratilgandan keyin noqonuniy ravişda elektr tarmoğiga qayta ulanib olişmoqda. Şunisi eʼtiborliki, noqonuniy ulaniş holatlari “Kiçik data markaz”da “CAS” dasturi orqali aniqlanmoqda va joyiga çiqib örganilmoqda. Şunday holatlarga yöl qöyilgan aholi xonadonlarida qoidabuzarlik holatlari böyiça dalolatnomalar tuzilib, tegişli çoralar körilmoqda va bunday holatlarga barham berilmoqda.
Aytiş joizki, köp hollarda isteʼmolçilarda tölov madaniyati yetişmasligi turli qinğir işlarga sabab böladi. Ana şunday illatlar tufayli taʼminotçi korxona tomonidan isteʼmolçiga yetkazib berilayotgan energiya miqdorida tafovutlar yuzaga keladi.
Tölov madaniyatiga amal qiliş har bir isteʼmolçining vazifasi hisoblanadi. Zero, kundalik hayotimiz energetika tizimi bilan çambarças boğliq. Şu bois bu resurslardan oqilona foydalaniş, qadriga yetiş va taʼminotçi tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulot uçun tölovni öz vaqtida amalga oşiriş har bir fuqaroning burçi sanaladi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶