YaNGIOBOD VA BOYOVUL MAHALLA FUQAROLAR YIĞINLARI UÇUN YaNGI MAʼMURIY BINOLAR QURILIB, FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevral kungi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni va hamda 2020-yil 18-fevraldagi “Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi Qarori bilan fuqarolar yiğinlari oldida turgan asosiy vazifalar va ularning faoliyat yönalişlari belgilab berildi.
Mazkur farmon va qarorlar fuqarolar yiğinlari faoliyatini yangi bosqiçga kötarişda, fuqarolar yiğinlari xodimlari uçun munosib şaroitlar yaratişda muhim dasturilamal bölmoqda.
Amudaryo tumanidagi Yangiobod va Boyovul mahalla fuqarolar yiğinlari şu kungaça öz maʼmuriy binosi yöqligi sababli boşqa taşkilot binolarida ijara asosida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Yiğin maʼmuriyati, qolaversa, mahalla ahli uçun qulaylik yaratiş maqsadida mazkur mahalla fuqarolar yiğinlariga davlat-xususiy şerikçilik şartlari asosida yangidan bino qurib berildi.
4-dekabr kuni Yangiobod va Boyovul mahalla fuqarolar yiğinlari uçun bunyod etilgan yangi binolarning oçiliş marosimi ötkazildi. Marosimda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yuldaşev, bölim boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova, nuroniylar masalalari böyiça örinbosari Bahodir Boltaboyev, fuqarolar yiğini xodimlari va mahalla faollari hamda bir guruh nuroniylar iştirok etişdi.
Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosi “Viktoriya xolding”, masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan zamonaviy loyihalar asosida qurib bitkazildi. Loyiha qiymati 260 mln söm bölgan mazkur bino qisqa fursat içida, sifatli tarzda bunyod etildi.
Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar yiğilganlarni va mahalla ahlini yangi binoning foydalanişga topşirilişi bilan qutladilar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yiğiniga kompyuter sovğa qilindi.
Binoda fuqarolar yiğini raisi va örinbosarlari, kotibi va boşqa aʼzolari, yiğin huzuridagi komissiyalar uçun maxsus xonalar mavjud bölib, binoning mahalla hududida, aholiga yaqin joylaşgani barça uçun birdek qulaylik yaratadi.
Boyovul mahalla fuqarolar yiğinining binosi “Norboy Mebel” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan qurib bitkazildi. Quriliş işlariga 260 mln söm mablağ sarflandi.
Binoning oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yuldaşev va boşqalar sözga çiqib, mamlakatimizda fuqarolar yiğinlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, mahallaning jamiyatdagi nufuzini oşiriş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotganini taʼkidlab ötdilar.

Tadbir davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi tomonidan har ikkala, yaʼni Yangiobod va Boyovul mahalla fuqarolar yiğinlariga jami 14 mln 480 ming sömlik, har bir mahallaga 3 ta jamlanmadan iborat mebel töplamlari topşirildi.
Har ikkala mahallada bölib ötgan yangi maʼmuriy binolarining oçiliş marosimida qatnaşgan fuqarolar yiğini xodimlari va mahalla faollari zamonaviy uslubda qurilgan binoda işlaş uçun barça şaroitlar yaratilganligini, bu yerda faqat sidqidildan işlaş kerakligini aytib ötişdi va bunday şaroit yaratib bergan Prezidentimizga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligiga, tuman hokimiga hamda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimiga, quruvçilarga öz minnatdorçiliklarini bildirişdi.
Dildora ABDURAHMONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶