JUMURTOV ŞAHARÇA VA NAMUNA MAHALLA FUQAROLAR YIĞINLARINING YaNGI QURILGAN XIZMAT BINOLARI FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Yurtimizda mahalla tizimiga berilayotgan katta eʼtibor hamda soha xodimlariga qulay şart-şaroitlar yaratib beriş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Sönggi davrlarda eng çekka hududlarda ham qator fuqarolar yiğinlarida xizmat binolari yangidan qurilib, zamonaviy körinişga keltirilib, foydalanişga topşirilmoqda.
Amudaryo tumanida ham bu borada alohida eʼtibor qaratilib, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarining maʼmuriy binolari qaytadan taʼmirlanib, xodimlarga qulay şaroitlarda xizmat qilişlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator ovul va mahallalarning xizmat binolari yangi qiyofa kasb etib, hudud körkiga körk qöşilmoqda, işdagi samaradorlik ham ortmoqda.
1-dekabr kuni Jumurtov şaharçasida fuqarolar yiğini yangi xizmat binosining oçiliş marosimi bölib ötdi. Tantanali marosimda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev, örinbosari Bahodir Boltaboyev hamda tuman hokimligi mutasaddilari, fuqarolar yiğinlari xodimlari va faollari iştirok etdilar.

Jumurtov şaharça fuqarolar yiğini bugungi kunga qadar öz binosiga ega emas edi. Şu sababli “Obod qişloq” dasturi doirasida şaharça fuqarolar yiğiniga zamonaviy loyiha asosida yangi bino qurildi. Uşbu loyihani amalga oşiriş uçun mahalliy byudjet mablağlaridan jami 340,1 mln. söm mablağ ajratildi.
Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar avvalo barça iştirokçilarni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy tabrikladilar. Şundan söng, davlatimiz rahbari tomonidan mahalla tizimiga berilayotgan yuksak eʼtibor natijasida sönggi yillarda fuqarolar yiğinlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratib berilayotganligini alohida qayd etib ötişdi. Şuningdek, tadbirda iştirok etgan şaharça nuroniylari va faollari ham uşbu maskanning hudud aholisi uçun juda muhim ekanligini, bu orqali odamlarga qator qulayliklar yaratilganligini taʼkidlaşdi.
Tadbir davomida iştirokçilar bu yerda fuqarolar yiğini xodimlariga yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Şu kuni tumandagi Namuna mahalla fuqarolar yiğinida ham yangidan qurib bitkazilgan xizmat binosi foydalanişga topşirildi. Şu munosabat byuilan ötkazilgan oçiliş marosimida ham tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev, örinbosari Bahodir Boltaboyev hamda tuman hokimligi mutasaddilari, fuqarolar yiğinlari xodimlari va faollari iştirok etdilar.

Marosimda sözga çiqqanlar “Obod qişloq” dasturi doirasida Namuna mahalla fuqarolar yiğini binosi mukammal taʼmirlangani, bunga jami 283,8 mln. söm mablağ ajratilgani xususida maʼlumot berişdi. Namuna mahalla fuqarolar yiğiniga Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tomonidan 3 komplekt yangidan mebel jamlanmasi berilganini mamnuniyat bilan eʼtirof etişdi. Şuningdek, mazkur mahalla binosi aholiga uzoq yillar xizmat qilib, fuqarolarning özlarini qiziqtirgan barça masalalarda murojaat qiladigan manzilga aylanişini taʼkidlab ötişdi.
Mazkur hududlarda yangi va zamonaviy körinişdagi fuqarolar yiğini binolari qurilgani, qoraqalpoq tili bayrami kuni foydalanişga topşirilgani u yerda istiqomat qilayotgan aholini nihoyatda mamnun qildi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶